Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov va Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga majburiy mehnat holatlari böyiça faktlarni berkitişgani va holatni oçiq bayon qilişmagani uçun hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan boş vazir Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan hududlarda ta'lim va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etiş holatlari oldini olişga bağişlangan videoselektorda iştirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Yiğilişda ikki vazirdan taşqari XTB boşliqlari ham intizomiy jazoga tortilgan.

Işga mas'uliyatsizlik bilan qaragani, xodimlarning majburiy mehnatga jalb qilinişiga yöl qöyib bergani Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev qat'iy ogohlantirildi, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev va Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyevga nisbatan hayfsan e'lon qilindi. 

Şuningdek, Samarqand viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Yöldoşevga, Toşkent viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Burxonovga ta'lim sohasi vakillarini obodonlaştiriş va öz majburiyatiga kirmaydigan işlarga jalb qilişgani uçun hayfsan e'lon qilingan.

Bundan avvalroq hokimlarga hayfsan va ogohlantirişlar berilgani xabar qilingandi.