Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz hamda amaldagi hukumatni noqonuniy egallab oliş kabi jinoyatlarni amalga oşirganlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev, blogger va öqituvçi Hayotxon Nasriddinov, şuningdek, ikki nafar işbilarmonlarga nisbatan olib borilayotgan sud majlisi bugun, 18 aprel kuni davom ettirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sud majlisi boşlanişi bilan davlat ayblovçisi B.Qobilov sudlanuvçining harakatlari yuzasidan fikr bildirdi. Uning aytişiça, sudlanuvçi Abdullayev öziga tegişli maqolalar röyxatini vaqtli taqdim etmay, sud işini qiyinlaştirmoqda.
«Maqolalarning barçasini yozmaganman, deydi. U holda nega sudlanuvçi vaqtida öziga tegişli maqolalar röyxatini taqdim etmayapti. Maqsad bitta: sudya va kuzatuvçilarni çalğitmoqçi. Vaqt çözişi bilan uning «Usmon Haqnazarov» taxallusi bilan çop etilgan saytdagi maqolalari mazmunan özgartirilmoqda», deydi prokuror.
Şundan söng, sudya Zafar Nurmatov sud majlisiga axborot xavfsizligi sohasi mutaxassisi sifatida taniştirilgan J.Qalandarov xizmatidan foydalanişga qaror qildi. Qalandarov sud majlisida tayyorlangan kompyuter va proyektor yordamida, oşkora «Özbekiston xalq harakati» saytiga aylanma yöl orqali kirib, Haqnazarov maqolalarini körsata boşladi.
Bundan avvalgi sud majlisida jurnalist Bobomurod Abdullayev şikoyat qilganidek, sud işi jildiga tikilgan ayrim maqolalar mazmunan saytda e'lon qilingan materiallardan farqlanib turardi. Ya'ni, jildga aşyoviy dalil sifatida qöşilgan ayrim maqolalarga, saytdagidan farqli ravişda, sözlar qöşilgandi. Bobomurod Abdullayev bu maqolalar unga tegişli ekanini aytsa ham, «qöşilgan sözlar»ni inkor etayotgandi.
Mutaxassis Qalandarov maxsus usul yordamida saytning arxivini varaqlay boşladi. Aniqlanişiça, Usmon Haqnazarov taxallusi ostida e'lon qilingan maqola saytga joylaştirilgan paytda, maqolaning mazmuni jildga tikilgan aşyoviy dalildan heç qanday farq qilmaydi. Aksinça, saytning hozirgi körinişida maqolalarga özgartiriş kiritilgan. Mutaxassisning aytişiça, bunday özgarişlarni faqat sayt administratori kiritişi mumkin.
Sud majlisining qolgan qismida barça Haqnazar maqolalarining barçasi arxivdan çiqarilib, mazmunan soliştiriş bilan ötdi. Sud öz işini davom ettiradi.












