Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Ma'lum bölişiça, 2018 yil 6 aprelda xususiy tadbirkor, 1988 y.t. S.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, şu yil 3 aprel kuni soat 19.00larda, şahar hududida joylaşgan “Hazrati Imom” jome masjidining tahoratxonasida içida 38.740 AQŞ dollari bölgan barsetkasini unutib qoldirganligi va bir ozdan söng qaytib kelib barsetkasini topolmaganligini ma'lum qilgan.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Buxoro viloyati Ğijduvon tumani Bobur köçasida yaşovçi, 1970 y.t. A.K. va Toşkent şahar Uçtepa tumani “Qoziguzar” MFY Guliston köçasida yaşovçi, 1962 y.t. Ğ.N. sodir etganliklari aniqlanib qölga olinganlar.