Buxorodagi «Dilkuşo» bozori. Uning yangi egasi kim va tadbirkorlar nega çirqillatilmoqda?
|18:27 / 20.04.201850 3799 min
Sönggi vaqtlarda tahririyatimizga tuman va şaharlarda bozordagi buza-buzlardan aziyat çekayotgan tadbirkor va savdogarlar köplab murojaat qilişmoqda. Tahririyat xodimlari bozorda mulklari buzilgan tadbirkorlar bilan uçraşiş maqsadida, Qarşi, Denov, Rişton, Muzrabot, Guliston, Yangiyer va boşqa şaharlarga borib, masalani joyida örganib, mutasaddilar bilan uçraşib qaytişgan.
Buxoro şahridagi «Dilkuşo» yopiq bozori buzilişi ham mana şunday muammolar sirasidan. Farqi — uning kölami kattaroq. Bozor buzilganiga 1 yilça bölyapti — ötgan yilning aprelida bu yerda savdo qilgan yuzlab tadbirkorlarga 1 kun içida ogohlantiriş berilib, bozor buzib taşlangan. Dökonlaridan ajralgan tadbirkor va savdogarlar hanuzgaça öz muammosiga tayinli bir yeçim topolmasdan sarson-sargardon bölib yurişibdi.
Biz Buxoro şahriga «Dilkuşo» bozorida işlab kelgan tadbirkorlar arzini eşitiş uçun kelganimizda ulardan biri Zumrad Karimova Toşkent şahridagi tahririyatimizga ham kelgan ekan.
Fuqarolarning arzi bir-birini takrorlaydi: Ularga tegişli dökonlar ogohlantirişsiz, zudlik bilan, hattoki içidagi mol-mulkini olişga ulgurmaslaridan buzib taşlangan. Ular içida öz mulkini garovga qöyib kredit olganlari ham talaygina. Şahar hokimligi bozor evaziga taklif qilayotgan joyning narxi qimmatlik qilmoqda. Ijara narxi esa baland.
«Dilkuşo» bozori örnida zamonaviy savdo majmuasi barpo etilişi vaji bilan bozor hududiga kirmaydigan, xususiylaştirilgan maişiy xizmat körsatiş korxonasining ham binosi buzilgan. Korxona rahbari Zaynab Beknazarovaning e'tirozlari kişini taajjubga soladi: bino buzilgaç uning baholatilgan narxiga yaraşa tovon puli tölanişi kerak-ku?!
Aslida, hokimlik har bir mulk egasiga buzilgan mulkiga yaraşa joyni tekin berişi kerak emasmidi? «Dilkuşo» bozori örnida qurilayotgan zamonaviy majmua egasi ham joyni tekinga olmagandir?! Yöqsa, yangi qurilayotgan majmuadagi dökonlarni osmon qadar narxlarda reklama qilib taklif qilarmidi?
Darvoqe, bozor örniga tuşayotgan majmua egasi haqida. Buxoroda tadbirkorlar uning kimligi sir saqlanayapti, deyişdi. Tahririyatimizga kelgan tadbirkor Zumrad Karimova esa uni Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyevning ukasi ekanligini alohida ta'kidlab ötdi. Agar şunday bölsa — hammasi tuşunarli… Faqatgina mana şu fakt rost bölib çiqsagina, yöl qöyilayotgan boşboşdoqliklar mantiqiy köriniş oladi.
Mavzuga oid
Çunki bir tadbirkor manfaati yölida rahbarlar jamiki kuç riçaglaridan foydalanib boşqa yuzlab tadbirkorlarni çirqillatişmaydi, magarki öşa tadbirkor qarindoşi bölmasa. Çunki xuddi mana şu Buxoroda hattoki Prezident tasdiqlagan loyiha böyiça bozor qurilmasdan töxtab yotganining guvohi bölgan edik.
«Dilkuşo» bozori örnida loyihalaştirilgan savdo majmuasi özining qurilişi töxtatilib, boşlanğiç loyiha özgartirilgani bizni yana hayratga soldi. Montaj qilingan armaturalar kesib olinmoqda. Yuk kötaruvçi kolonnalar oraliği endi 6 metrdan 8 metrgaça uzaytirilar emiş. Yana nimalarni reja qilişgani yolğiz özlariga-yu, Yaratganga ayon.
Xorijiy davlatlarda tuşirilgan köpgina fotosuratlarda körib qolamiz, yangi qurilgan yöllar, uylar oldida eski, tökilib qolgan uylar buzilmay qolib ketadi. Çunki aksariyat huquqiy davlatlarda fuqarolarning mulk huquqi muqaddas hisoblanadi. Unga heç kim va heç narsa daxl qila olmaydi. Faqatgina mulk egasini töliq rozi qilibgina unga tegişli köçmas mulk sotib olinişi va keyin buzib taşlanişi mumkin.
Bizning qonunçilik hujjatlarimiz, davlatimiz rahbari farmonlari va hukumatimiz qarorlarida ham mulki boşqa ehtiyojlar uçun olinayotgan fuqarolarning körgan zararlarini qoplaş tartibi aniq-tiniq qilib belgilangan.
Masalan, Fuqrolik kodeksining 206-moddasida ham öz bu aksini topgan. Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qöyişga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, şu jumladan, mulkdorga qaraşli uy, boşqa imoratlar, inşootlar yoki ekinlar joylaşgan yer uçastkasini olib qöyiş töğrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinişiga qonunlarda belgilangan hollar va tartibdagina yöl qöyiladi, bunda mulkdorga olib qöyilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning körgan boşqa zararlari tölanadi yoki mulk huquqi bekor qilinişi bilan yetkazilgan zarar töla hajmda tölanadi, deyilgan.
Şu moddaning ikkinçi bandida olib qöyilayotgan yer uçastkasidagi uylarning, boşqa imoratlarning, inşootlarning yoki ekinlarning, şuningdek, yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymatini aniqlaş belgilangan tartibda baholovçi taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi, bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinganda olib qöyilayotgan mol-mulkning va yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymati bevosita uşbu mol-mulkni olib qöyişdan oldingi holatga köra yoki kelgusida olib qöyilişi haqidagi xabar mol-mulkning va yer uçastkasiga bölgan huquqning bozor qiymatiga ta'sir qilgan paytdagi holatga köra, baholovçi taşkilot tomonidan aniqlanişi körsatib ötilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi №97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabatlari bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi töğrisidagi Nizomning 7-bandiga köra, olib qöyilayotgan yer uçastkalari korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga ajratib berilgan taqdirda uy-joy qiymatini tölaş, uylar (kvartiralar) beriş va vaqtinçalik turar joy beriş, şuningdek, yangi joyga köçiş bilan boğliq barça xarajatlarni qoplaş tegişli tumanlar (şaharlar) hokimlari qaroriga köra uşbu korxonalar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi.
Lekin birgina Buxoroda emas, boşqa joylarda ham viloyat, şahar va tuman hokimliklar mulk egalarining egalik huquqi çiqartirilgan hujjatlarini orqa sana bilan şubha ostiga oliş, sud orqali bekor qildirib, huquq-tartibot organlari bosimi bilan fuqarolarga bosim ötkaziş hollari ham uçramoqda.
Bunaqa hokimlari bor joyga, mulk huquqini nazar-pisand qilmaydigan maskanga investor ham, işbilarmon ham kelmaydi. Tört oyoğini quçoqlagança qoçadi va… töğri qiladi. Çunki adolat bölmagan joyda baraka ham bölmaydi.
Avvalgi çiqişlarimizda ham aytgan edik, viloyat, tuman (şahar) hokimlarining barça qarorlari oçiq bölişi kerak. Ketma-ketligi özgartirilmasligi kerak, özgartiriş uçun jazolar qat'iylaştirilişi lozim. Hokimning (ayniqsa, köçmas mulk va yer ajratiş töğrisidagi) qarorlari oçiq va hamma köra oladigan, foydalana oladigan bazada saqlanişi kerak. Mulk huquqining ibtidosi — bu hokim qarori, demak, uning himoyalanişi öşa hujjatdan boşlanadi.
Biror mulk (bu örinda bozor) boşqa mulk qurilişi uçun buzilsa öşa yangi mulkdorning nomi, rejalari oçiqlansa şunaqa ortiqça gap-sözlar, viloyat, şahar hokimi uçun nufuzni pasaytiruvçi risklar paydo bölmaydi. Ayni paytda jarayon «oçiqlanmayaptimi, demak yeng içida qilinmoqda, huquqlar buzilmoqda», körinişida ketayapti.
Eng yomoni — boşqa mulkdorlarning huquqini buziş evaziga paydo bölgan yangi mulkdorning ham bir kun kelib mulk huquqi yana albatta buziladi.
Şu ma'noda yangi mulkdorlar ham öz mulkining ibtidosini şaffof va oçiq bölişidan manfaatdor bölişi kerak, toki ertaga boşqa bir zöravon paydo bölganida qonun uni himoyalasin, jamoatçilik uni qöllasin!
Biz uşbu bozordagi tadbirkorlar arzi yuzasidan Buxoro şahri hokimi Karim Kamolovga ham tuşuntiriş sörab murojaat qildik. Karim Jamoloviç umumiy tarzda tadbirkorlarning muammosi, albatta, hal qilinişi, şahar hokimligi bu borada boş qotirayotgani, binolari buzilgan fuqarolarga yer va dökonlar ajratilişini aytib ötdi.
Ha, bu diydiyolar Karim Jamoloviç hokim etib tayinlanguniga qadar boşlanib bölgan — ğişt qolipdan köçgan. Endi köp yillik tajribaga ega rahbar sifatida u şahardagi çigal muammoni six ham, kabob ham kuymaydigan qilib hal qiliş ustida boş qotirmoqda.
Bir yildan buyon buxorolik bozorçilarni qiynab, holdan toydirgan uşbu muammoning biror jöyali yeçimi bormikan özi? Buxoro viloyat va şahar hokimligi ularni rozi qilişning uddasidan çiqa olişarmikan? Kun.uz voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.