Lada brendi ostidagi katta ölçamli yöltanlamasning hozirça 3D-modeldagi körinişi e'lon qilindi. Bu maşina çiqişini köpçilik kutmoqda. Azaldan Volga avtozavodining yagona yöltanlamasi “Niva” maşinasi bölib kelgan va u bir qator yangilanişlar hamda Lada 4x4 deb nom olgandan keyin biroz beöxşovroq köriniş olgandi. Yangi mingyillik boşida Chevrolet Niva, oxirgi yillarda esa “AvtoVAZ”ning modellar qatorida Lada XRAY krossoveri va Lada Vesta SW Cross universali paydo böldi, biroq bu maşinalarni ham tölaqonli yöltanlamaslar deb aniq aytib bölmaydi.
Tolyattidagi zavodda BMW X5, Toyota Land Cruiser, VW Touareg, KIA Sorento yoki hattoki UAZ “Patriot” kabi töliq privodli yöltanlamaslarning muqobili yöq. Şu sababli bu borada havaskorlarning özlari ğoyalar berişmoqda. Misol uçun, rossiyalik dizayner Aleksandr Ştorm Lada brendidagi bunday maşina qanday körinişi mumkinligi borasidagi farazlari bilan bölişdi. Quyida XXL ölçamidagi Lada qanday körinişi mumkinligi tasvirlangan.















