Qirğiziston parlamenti Muxammadkali Abilgaziyev boşçiligidagi yangi hukumat tarkibi, tuzilmasi va uning dasturini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Xabar qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bir ovozdan ma'qullangan - unga sessiyada iştirok etgan deputatlarning barçasi - 115 kişi ovoz bergan.

Hukumat tuzilmasida barça 12 vazir lavozimi va 4ta qömita saqlab qolingan. Abilgaziyev taklifi bilan barça boş vazir örinbosarlari almaşadi.

19 aprel kuni Qirğiziston parlamenti Sapar Isakov boşçiligidagi hukumatga işonçsizlik votumi bildirdi. Köp ötmasdan mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov Vazirlar Mahkamasini töliq tarkibda iste'foga çiqardi.