Qirğizistonda Vazirlar Mahkamasi qasamyod qabul qildi. Marosim bugun parlament binosida (Jogorku Keneş) bölib ötgan.
Marosim mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev iştirokida keçgan.
Hukumatning avvalgi tarkibi ötgan oy oxirida parlament köpçiligi koalitsiyasi tarqalib ketganidan söng öz-özidan iste'foga çiqarilgandi.
Qirğiziston prezidenti 11 noyabr kuni mamlakatning yangi hukumatini tayinlaş haqidagi farmonni imzoladi.
Qirğiziston hukumatining yangi tarkibi avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Boş vazir Sooronbay Jeenbekov, şuningdek, boş vazir örinbosarlari va vazirlarning deyarli barçasi öz lavozimini saqlab qoldi.
Ta'lim va fan vaziri etib tayinlangan boş vazir örinbosari Gulmira Kudayberdiyeva örniga Çölpon Sultonbekova, içki işlar vaziri Kaşkar Junuşaliyev örniga esa Aksilkorrupsiyaviy xizmatning sobiq rahbari Ulan Isroilov loyiq körildi.
Hukumat a'zolari Konstitutsiya va qonunlarga amal qilişga ont içişgan. Ular öz qasamlarini buzişsa javobgarlikni zimmalariga olişga tayyor bölişga va'da qilişgan.
















