AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining yaqinda lazer qurol örnatiladigan USS Portland (LPD-27) desant kemasi foydalanişga kiritildi.

Şu munosabat bilan Portlend şahrida tantanali marosim bölib ötdi. Ma'lum qilinişiça, kema “San-Antonio” sinfidagi desant transport doklariga kiradi. Kema yozda Gavayida ötadigan RIMPAC 2018 dengiz-harbiy maşğulotlarida asosiy kema rolini bajaradi. Şundan keyin kemaga Laser Weapon System lazer quroli örnatiladi.

USS Portland “San-Antonio” sinfidagi 11-desant kemasi böldi. Kema 800 dan köproq askarni taşiş va qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan. U, şuningdek, desant kemalar, amfibiya transport vositalarini işga tuşiriş va tiklaşi hamda vertolyot va MV-22 Osprey konvertoplanlarini taşişi mumkin.