17:34 / 23.04.2018
10135

Ravon Qozog‘istonda yetakchi beshtalik qatoridan joy oldi

Foto: avtogermes.ru

Qozog‘istonda avtomobillar ishlab chiqarish ikki barobar o‘sdi. Bu haqda “Qozog‘iston avtomobil tarmog‘i korxonalari ittifoqi” direktorlar kengashi raisi Oleg Alferov sohaga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida avtomobillarni lokal yig‘ish hajmi ikki barobar ortib, ushbu mamlakat avtosanoatining o‘z ichki bozoridagi ulushi 46 foizgacha ortdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
 
E'tiborlisi, mahalliy yig‘ilgan eng yetakchi beshta brend qatoridan O‘zbekistonning “Ravon” markasi ham joy oldi. O‘z navbatida, mazkur ro‘yxatga “Lada”, “Hyundai”, “KIA” va “JAC” brendlari ham kiritildi. 

Umuman olganda, hisobot davrida ushbu davlatda yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus mashinalar va tirkamalar bilan birgalikda 6 857 dona transport vositasi ishlab chiqarilgan.

 

Mavzuga oid
Top