Prezident selektorida energetika sohasida joylarda işni qanday taşkil etiş Yangiyöl tumani misolida körsatib berildi.

Tumanda 1 400 kilometr elektr tarmoği va 422 ta transformator mavjud.

Sönggi beş yilda aholining elektr iste’moli 68 milliondan 102 million kilovatt-soatga, ya’ni 1,5 karra oşgan. Lekin bu davrda bor-yöği 60 ta transformator va 240 kilometr tarmoq yangilangan. Yil boşidan elektr yöqotişlari 30 million kilovatt-soatga yetgan, tarmoqlarda 37 ta avariya sodir bölgan.

Tölov intizomi yaxşi yölga qöyilmagani sababli debitor qarzdorlik 43 milliard sömga çiqib ketgan. Şuning 9,4 milliard sömi noreal qarzdorlik hisoblanadi.

Tumanda 829 ta iste’molçining hisoblagiçi ASKUE tizimiga mos kelmaydi, yana 2 mingta hisoblagiç ma’lumot yubormaydi. Soliqqa «nol» hisobot topşirgan 48 ta korxona esa olti oyda 871 ming kilovatt-soat elektr işlatgan.

Gaz ta’minotida ham xuddi şunday ahvol kuzatilmoqda. 5 mingdan ortiq gaz hisoblagiç ma’lumot uzatmayotgani oqibatida qarzdorlik 188 milliard sömga yetgan.

Yangiyöl tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlaş böyiça maxsus ştab taşkil etiladi. Unga energetika vaziri Şerzod Xodjayev boşçilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning örinbosari böladi.

Mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, çoraklik va yillik talabini örganadi. Şu asosda “energiya iste’moli balansi” şakllantiriladi.

Qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlaş qurilmasini yangilaş, qayerda tarmoq tortiş zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagiçlar almaştirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.

Elektr va gaz yöqotişlarini 2 karra kamaytiriş böyiça alohida dastur işlab çiqiladi. Bunda zarur mablağning qançasi tizim korxonalari, qançasi mahalliy qöşimça daromad hisobidan ajratilişi aniq körsatiladi.

Yirik iste’molçi bölgan korxonalar energiya auditidan ötkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga ötkaziş uçun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barça boğça, maktab, texnikum, şifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.