Qozog‘iston prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, Yerali Tugjanov O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.
Yerali Tugjanov mazkur lavozimda 2022 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan Beybut Atamqulovning o‘rnini egallaydi.
63 yoshli diplomat Toshkentga tayinlanguniga qadar Qozog‘iston bosh vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
U davlat xizmatida katta tajribaga ega bo‘lib, turli yillarda Qozog‘iston prezidenti administratsiyasida ishlagan, Mang‘istau va Aqto‘be viloyatlari hokimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, mamlakat Kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbarlik qilgan hamda bosh vazir o‘rinbosari vazifasida ishlagan.











