Jahon | 15:03 / 24.04.2018
3056
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro saylovlardan oldin shomonlar qo‘llab-quvvatlovini oldi

Foto: AFP

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘z saylovoldi kampaniyasini shomonlar bilan muloqotdan boshlashga qaror qildi. Bu haqda El Tiempo gazetasi xabar bermoqda.

Maduro La Lovisna milliy bog‘ida bolalar va shomonlar guruhi bilan uchrashgan. Ular Maduroni duo qilishgan, shundan so‘ng Venesuela prezidenti, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini «yangilangandek» va yangi kuch olgandek his qilgan.

Maduroning matbuot anjumani davomida jurnalistlarga bildirishicha, u «avvalgidan ham kuchli». Shuningdek, u o‘zini besh yil oldingidek havaskor emas, balki tajribali inson, deb atagan.

Venesuelada prezidentlik saylovlari 20 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela Yevroittifoqqa iltimos bilan chiqqani xabar berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid