Termiz şahrida Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligida I Xalqaro Baxşiçilik festivaliga tayyorgarlik işlari jadal ketmoqda.


Şahardagi sayyohlik infratuzilmasi obektlari mehmonlarni kutib olişga tayyor. Termiz arxeologik muzeyi oçildi, Termiz aeroportining yangi terminali iş boşlaşga tayyor, şahar köçalari obodonlaştirildi, jamoat joylarida sanitariya-gigiyena şoxobçalari örnatildi.



Qisqa vaqt içida Termizdagi “Bolajon” madaniyat va dam oliş parkida Özbekiston hududlarining stendlari örnatildi, ularda har bir viloyatning milliy öziga xosligi namoyiş etiladi. Xalq-amaliy va tasviriy san'at namunalari, milliy taomlar va liboslar şular jumlasidandir.


Ta'kidlaş joizki, Termizdagi festival vaqtida xavfsizlik çoralari va sayyohlarga yordam körsatişni ta'minlaş uçun turistik politsiya xizmat körsatadi.

Bundan taşqari, Xalqaro baxşiçilik festivalini tezkor yoritiş maqsadida Surxondaryo viloyatidagi Sobir Termiziy nomli axborot-kutubxona markazida dunyoning 20 mamlakatidan taşrif buyuruvçi 30 dan ziyod jurnalist hamda mahalliy ommaviy axborot vakillari uçun matbuot markazi taşkil etildi. Markaz zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va Wi-Fi bilan ta'minlandi.














