Özbekiston xalq baxşisi Qalandar baxşi (Rözimboy Normatov) 73 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xorazm baxşiçilik, dostonçilik maktabining yirik namoyandalaridan biri bölgan Rözimboy (Qalandar baxşi) Normatov 1951 yil 15 iyunda Xorazm viloyati Şovot tumanida tavallud topgan. U 1990 yil Toşkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

Qalandar baxşi xalq ijodiyotining an’anaviy xalq termalari, dostonlari, xalfa qöşiqlari va masxarabozlik yönalişlarini öz içiga qamrab olgan «Avazxon» folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida köp yillar faoliyat yuritgan.

Qalandar baxşi qadimiy dostonlardan «Oşiq Ğarib va Şohsanam», «Tohir va Zuhra», «Oşiq Mahmud», «Sayotxon va Hamro», «Göröğli» dostonlari turkumiga kiruvçi «Baziryon», «Avazxon», «Xirmondal» kabi qator dostonlarini kuylaş bilan birgalikda, bizgaça faqat mazmunlari orqaligina yetib kelgan qadimiy «Yusuf Ahmad» dostoni qayta tiklanib ijro etilişiga munosib hissa qöşgan.

2001 yilda baxşiçilik sohasidagi mehnatlari uçun «Özbekiston xalq baxşisi» unvoni bilan taqdirlangan.