Toşkent viloyati, Çirçiq şahrida joylaşgan harbiy qismda Özbekiston Qurolli Kuçlariga qaraşli Harbiy havo kuçlari vertolyotlarda uçiş-öquv maşqlarini ötkazdi. Bu haqda mazkur öquv maşğulotlarida qatnaşgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Uçiş maşqlari ikki bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiç kunduzgi uçiş maşqlari bölib, Toşkent viloyati, Ğazalkent tumani va toğli hududlarda uçuvçilarning professionallik darajasi sinovdan ötkazildi. Ikkinçi bosqiç tungi vaqtda ötkazildi. Unda vertolyot uçuvçilari özlariga topşirilgan qiyin maşqlarni bajarişdi. Ya'ni, tun bölişiga qaramay kerakli yukni belgilangan manzillarga yetkazib, uçiş va qöniş malakalarini yanada mustahkamladi. Tajribali uçuvçi ofitserlar tarkibi yoş uçuvçilarga maşğulotlar davomida öz tajribalarini ulaşişdi. Ularga yöl-yöriqlar körsatib turişdi.

Vertolyotlar Fransiyadan keltirilgan, bölib zamonaviy turlaridan hisoblanadi. Özbekiston harbiy havo kuçlarida AS 550 va AS 332 rusumli vertolyotlarni uçratiş mumkin. Bu turdagi vertolyotlar hozirda Eurocopter (Yevrokopter) yoki Airbus (Eyrbas) vertolyotlari deb ataladi. AS vertolyotlari 1974 yil iyun oyida Fransiyada birinçi bor namoyiş qilingan. Yagona turbo motorga ega AS vertolyotlar bizning harbiy havo kuçlarda, asosan, transport va duşmanning aniqlangan hududlariga zarba beradigan texnika vazifalarini bajaradi. Bugungi kunda AS modeldagi vertolyotlar dunyoning 30dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi. Uşbu vertolyotlar soatiga 250-280 km masofani bosib öta oladi. Maksimal uçiş uzoqligi töldirilgan yonilği baklari bilan 660 km. 1,1 tonnadan ortiq vaznga ega. 2 tonnagaça yuk olişi mumkin. Vertolyotning uzunligi 11 metrga yaqin. Boşqarişga juda qulay. AS vertolyotlarining Fennek va Puma turlari haqiqiy harbiy salohiyatga ega jangovar vertolyotlar sirasiga kiradi.













