Daimler kompaniyasi Mercedes-Maybach lyuks sub-brendi uçun yangi model - lyuks sedani va yöltanlamasi gibridini işlab çiqiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Vision Mercedes-Maybach Ultimate Luxury kontsepti Xitoyda, Pekin avtosaloni (Auto China 2018) oçilişidan oldin namoyiş qilindi. Xitoy - Maybach uçun eng yirik bozor hisoblanadi. 2015 yildan beri, mamlakatda 25000ta Maybach sedanining 60%dan ortiği sotilgan, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Kompaniya bunday avtomobilning seriyali işlab çiqarilişi haqida ma'lumot bermagan. Agar u bozorga çiqarilsa, Bentley Bentayga va Ferrari bilan Rolls-Royce kompaniyalarining SUV modellariga munosib raqib böla oladi.
«Bu umuman yangiça arxetip [avtomobil kuzovining turi] bölib, uning öxşaşi şu paytgaça bölmagan», dedi Daimler kompaniyasining boş dizayneri Gorden Vagener. Şou-kar ğarb va uzoq Şarq sivilizatsiyasi ta'sirini birlaştiradi va avtomobil madaniyatining jozibali körinişini vujudga keltiradi, deb hisoblaydi kompaniya.

Kontseptning gabaritlari: uzunligi - 5260 mm, eni - 2110 mm, balandligi - 1764 mm. Ya'ni, uzunligi böyiça Mercedes S-klass bilan tenglaşadi, biroq, kengligi böyiça Maybach 57/62 va Rolls-Royce Phantom VIII dan özib ketadi.
Elektromobil 550 kVt (750 o.k.) kuçga ega bölgan törtta dvigatel bilan jihozlangan. Batareyasi (80 kVt/s) pol ostida bölib, 500 km yölni bosib ötiş imkoniyatini beradi. Eng yuqori tezlik 250 km/s bilan çegaralangan.

Elektromobilni oddiy rozetka orqali maxsus stansiyalar bilan, simli va simsiz quvvatlantiriş mumkin. Agar kuçlaniş 350 kVt bölsa, batareya 100 km masofa uçun 5 daqiqada quvvat oladi.














