Fan-texnika | 15:10 / 16.11.2016
14112
2 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: Mercedes-Maybach seriyasidagi ilk kabriolet

Foto: Motor.ru

Mercedes-Benz kompaniyasi Mercedes-Maybach turkumiga kiruvchi ilk kabrioletni taqdim etdi. Mercedes-Maybach S 650 Cabriolet nomini olgan modelning taqdimoti Los-Anjyelesdagi avtosalonda o‘tkazildi.

Avtomobil cheklangan miqdorda, atigi 300 dona ishlab chiqariladi. U Daimler konserni tarixidagi eng hashamatli avtomobil bo‘lishi aytilmoqda. 
 
Yangi model, ilk marotaba o‘tgan yili Frankfurtdagi motorshouda namoyish etilgan S-Class kabrioleti negizida barpo etiladi. Uni 6,0 litrli, benzinli V12 turbomotor harakatga keltiradi. Motor quvvati 520 ot kuchini tashkil etadi. 

Avvalroq, Mercedes-Benz rahbariyati yaqin yillarda Maybach brendi ostida dabdabali avtomobillar ishlab chiqilishi mumkinligini bildirgan edi. Agar mazkur kabriolet bilan ushbu loyihaga start berilgan bo‘lsa, avtomobil umuman yangi platformada barpo etiladi. Yangi mahsulotga Rolls-Royce Cullinan va Lamborghini Urus kabi mashinalar raqobat qilishi kutilayapti. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Maybach brendli yo‘ltanlamaslar yangi avlod GLS modellari negizida ishlab chiqilishi ehtimol. 

Mavzuga oid