Amsterdamda tag qismi saqiçlardan tayyorlangan dunyodagi birinçi krossovka Gumshoe Amsterdam taqdim qilindi. Uşbu poyabzalni işlab çiqarişda Amsterdam köçalaridan yiğilgan saqiçlardan foydalanilgan.
Loyiha Iamsterdam marketing kompaniyasiga tegişli bölib, u şu tariqa şaharning ifloslanişi muammosiga e'tibor qaratmoqçi bölgan. Faollar köçalardan saqiçlarni yiğib, ularni poyabzal işlab çiqaruvçi Explicit kompaniyasiga olib borişgan. Natijada tagçarmi presslangan saqiçlardan tayyorlangan krossovkalar yaratişga muvaffaq bölindi. Yaqin orada uşbu poyabzal savdoga çiqariladi. Hozirça u qança turişi noma'lum.
Statistikaga köra, Niderlandiya poytaxti köçalaridan har yili 1,5 mln kilogramm saqiç yiğiladi. Bu yerda saqiçlar muammosi sigaret qoldiqlari muammosidan keyin 2-örinda turadi. Ekologlar hisobotiga köra, saqiç ança uzoq – örtaça 20-25 yilda yöq bölib ketadi.











