Emirates aviakompaniyasi yölovçilarning uylaridan turib reysga röyxatdan ötiş va yuklarini topşiriş xizmatini yölga qöydi. Bu haqda Gulf News naşri xabar bermoqda. 

Yölovçilar qöşimça haq evaziga aviakompaniyaning ularning uylariga keluvçi xodimlariga 7 tagaça buyumni topşirişlari mumkin. Yangi xizmat barça xizmat körsatiş sinflarida taqdim qilinadi.

Aviakompaniya xodimi topşirilgan yukning oğirligini ölçab, unga yorliq biriktiradi, yölovçini reysga röyxatdan ötkazadi va Dubayning yölovçi tanlagan istalgan joyida unga çiptalarni topşiradi. Bu mehmonxona, uy yoki ofis bölişi mumkin. Xodim bagajni reysga bir neça soat qolganda aeroportga olib ketadi. Xizmatga parvozgaça kamida 12 soat oldin buyurtma beriş kerak.

Aviakompaniya, şuningdek, yukni manzilga uçib kelgandan keyin yetkaziş xizmatini ham yölga qöydi. Bunda aviakompaniya xodimi yölovçi yukini tasmadan olib, uni bojxona nazoratidan ötkazib, yölovçi uyiga yetkazib beradi.