25 aprel kuni Toşkent şahri metropolitenida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taşabbusi bilan maxsus aksiya bölib ötdi. Unda Qurolli kuçlar Aşula va raqs ansambli artistlari "Ğalaba kuni", "Katyuşa" kabi uruşi yillaridagi maşhur qöşiqlar bilan bir qatorda "Jon Vatan", "Ofitserlar" kabi özbek tilidagi harbiy qöşiqlarni ham kuylab, raqsga tuşişdi.
Yoşlar metro bekatlarida, vagonlarda va hatto eskalatorlarda ham yölovçilarga ajoyib kayfiyat ulaşişdi. Şunisi diqqatga sazovorki, ayrim yölovçilar ularga qöşilib harbiy qöşiqlarni kuylaşdi. Maxsus aksiya soat 16:00 dan 20:00 ga qadar davom etdi.
Ta'kidlaş joizki, uruş yillarida özbek yigitlari boşqa millat vakillari bilan yelkama-yelka turib jang qilişgan va oxir-oqibat ğalaba qilişgan. 9-May Xotira va qadrlaş kuni oldidan bunday kutilmagan aksiyaning ötkazilişi nafaqat metro yölovçilari, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan ham iliq kutib olindi va katta muhokamalarga sabab böldi.






