Jahon | 00:06 / 28.04.2018
34109
1 daqiqa o‘qiladi

Qiz qo‘lidan oylab yechmagan rezinka uning terisiga chatishib ketdi

Foto: AsiaWire

Xitoylik 4 yoshli qizchaning qo‘li terisiga chatishib ketgan rezinka olib tashlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Qizchaning buva-buvisi yanvarda uning shishib ketgan bilagiga e'tibor qaratishgan. Qizcha qo‘li og‘rib, qotib kolganidan shikoyat qilsa-da, buva-buvi hech qanday chora ko‘rmay, nabiralarining boshqa viloyatda yashovchi ota-onasining qaytishini kutishgan. Qizchaning ota-onasi kelgach, darhol uni shifokorlarga olib borgan.

Ota-ona shifoxonalardan birida qizning terisiga rezinka chatishib ketgani fahmlanmaguncha bir nechta shifoxonalarni aylanib chiqqan. Mutaxassislarning fikricha, qiz rezinkani kamida 6 oy oldin taqib olgan va o‘shandan beri uni yechmay yurgan. 

Ultratovush exografiya shifokorlarning taxminini tasdiqlagan. Chatishib ketgan rezinkani olish uchun jarrohlar qizning qo‘lini kesishlariga to‘g‘ri kelgan. Jarrohlik amaliyoti 30 daqiqacha davom etgan.