Germaniya Eron bilan tuzilgan yadroviy bitim Tehronning ambitsiyalarini va mintaqada ta'siri kengayişini uşlab turiş uçun yetarliça emas, deb hisoblaydi. Bunday fikrni Germaniya kansleri Angela Merkel AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda bergan matbuot anjumanda bildirdi.   

“Fikrimizça, Eron bilan yadroviy bitim birinçi qadam bölgandi. Biz özimiz tomondan bu qadam Erondan işonçlilik haqida gapirişga ijozat beruvçi rolga haqiqatan erişişga yetmaydi, deb hisoblaymiz. Şu sababli bundan kattaroğiga erişmoq kerak”, deb aytgan Merkel va Ğarbni Eronning ballistik raketalarni rivojlantiriş dasturi, Tehronning Suriya va Livanga ta'siri xavotirlantirayotganini qöşimça qilgan.

“Biz bu ta'sir çeklanişiga erişişimiz lozim. Fikrimça, Yevropa va AQŞ bu masala böyiça yaqindan hamkorlik qilişi zarur”, deb aytgan Merkel va butun Yaqin Şarqdagi keskinlikka barham beriş yeçimini topişga çaqirgan.