2017 yil 12 yanvardagi prezident farmoniga köra, taşkil etilgan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda umumiy qiymati 196,2 million dollarlik 60 loyihani amalga oşiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Uşbu loyihalarning oltitasi Turkiya kompaniyalari va işbilarmonlari bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Jumladan, MÇJ şaklidagi «KAMALAK TEKSTIL» qöşma korxonasida turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda gilam va gilam mahsulotlari işlab çiqariş rejalaştirilgan.

— Bugungi kunda Urgutda turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda taşkil etilgan bir qator korxonalarda yuqori sifatli gilam va gilam mahsulotlari işlab çiqarilmoqda, — deydi qöşma korxona rahbari K.Asrorov. — Birgina «UrGaz Carpet» korxonasida «URGAZ» brendi bilan çiqarilayotgan gilamlar nafaqat içki bozorda, balki xorijda ham öz xaridoriga ega. Şu sababli biz ham davlatimiz tomonidan berilayotgan keng imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida turkiyalik şeriklar bilan gilam zavodi taşkil etmoqçimiz. Umumiy qiymati 26 million dollar bölgan uşbu loyiha amalga oşirilişi natijasida yiliga 28 million dollarlik gilam va gilam mahsulotlari işlab çiqariladi, 230 doimiy iş örni yaratiladi. Ayni paytda Urgut tumanidagi Mergança massividan ajratilgan 2,8 gektar maydonda quriliş işlari olib borilmoqda. Ayrim binolarda pardozlaş va texnologiyalarni örnatiş işlari boşlangan. Joriy yilning IV çoragidan mahsulot işlab çiqarişni boşlaymiz.
Iqtisodiy zonada amalga oşirilayotgan yana bir istiqbolli loyiha – yengil sanoat mahsulotlari uçun böyoqlar işlab çiqariş korxonasi Turkiyaning «TCD TEKSTIL SANAYI VE TICARET A.Ş.» firmasi bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.
— Sanoat mahsulotlari uçun böyoq işlab çiqariş böyiça Turkiyada katta tajriba töplangan, — deydi «SAM VIRA COLOR» qöşma korxonasi rahbari Jasur Soliyev. — Bizda esa ayni paytda bu turdagi mahsulotga talab juda yuqori. Şu bois uşbu davlat işbilarmonlari bilan hamkorlikda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida korxona taşkil etmoqdamiz. Turkiyalik döstlarimiz bu borada bizga yaqindan yordam berayotir. Umumiy qiymati 2,5 million dollarlik loyiha mablağining 250 ming dollari ham xorijiy hamkorlarimiz hissasi hisoblanadi. Hozirda korxona qurilişi jarayoni davom etmoqda. Yaqin orada quriliş işlari yakunlanib, mahsulot işlab çiqarişni boşlaymiz.
Bundan taşqari, iqtisodiy zona hududida turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda gaz plitasi va elektr duxovkalar, zamonaviy çangyutgiç va kir yuviş maşinalari, bolalar tagliklari, sendviç panellar işlab çiqariş böyiça ham istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.











