Urgut EIZ boşqa hududlarga ham tarmoqlanyapti - bu imtiyoz oliş yölimi?
|03:16 / 22.02.202338 33410 min
Samarqanddagi Urgut erkin iqtisodiy zonasining Qoraqalpoğiston va Qaşqadaryodagi filiallari paydo bölmoqda. Bu hududlardagi qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar tanlangan. Adliya vazirligi bu jarayonning huquqiy asosi yöqligini bildirganiga qaramay, loyiha tasdiqlangan. Iqtisodçi EIZlar rezidentlariga katta soliq imtiyozlari berilgani uçun uning hududlarini kengaytiriş harakati ketayotganini aytmoqda.
Samarqand viloyatidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanidagi 22,3 gektar yer maydoni hamda Qaşqadaryoning Kitob tumanidagi 37,4 gektar yer maydonlari hisobiga kengaytirilmoqda.
Ya’ni Beruniy va Kitob tumanlarida Urgut EIZning filiallari taşkil qilinmoqda.
Buning uçun Beruniy va Kitob tumanlaridagi qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar transport, aloqa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlar toifasiga ötkaziladi.
Toifasi özgartirilayotgan yerlar Beruniy tumanidagi “Abay” MFY hududidagi va Kitob tumanidagi “Makrid” va “Şörobsoy” MFYlarining tuman zaxirasidagi yerlar hisoblanadi.
Adliya vazirligi bu qaror qabul qilinişidan oldin loyiha haqida salbiy xulosa bergan. Hujjat nusxasi Kun.uz'da bor. Unda aytilişiça, Beruniy va Kitob tumanlarida Urgut EIZning filiallarini taşkil qiliş qonunbuziliş holatlariga sabab böladi.
“Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonunga köra, maxsus iqtisodiy zonalar böş turgan va faoliyat körsatmayotgan davlat mulki obektlari, ma’muriy-hududiy tuzilmalar hududlari negizida, şuningdek qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlarda taşkil etilişi belgilangan.
Biroq Beruniy tumanidagi 22,3 gektar yer maydoni hamda Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 37,4 gektar yerlar qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar hisoblanadi. Qarorda esa bu yerlar qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlar toifasiga ötkazilişi belgilangan.
Bundan taşqari, biror hududdagi erkin iqtisodiy zonaning filiali umuman boşqa hududda taşkil qilinişi “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonunda nazarda tutilmagan.
Adliya vazirligining xulosasida, bu borada şunday deyiladi:
“Özbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilişi töğrisida»gi qonunning
Mavzuga oid
3-moddasiga asosan, ma’muriy-hududiy tuziliş Özbekiston Respublikasi hududini ma’muriy-hududiy birliklarga bölişni anglatadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi hamda «Özbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilişi töğrisida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar, ovullar, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasidan iborat.
Bundan taşqari, "Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida"gi qonunning 23-moddasiga asosan, maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengaşi tegişli mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va boşqa taşkilotlar vakillari orasidan tuziladigan kollegial organ bölib, unga maqomi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, tegişli viloyathokimi va Toşkent şahar hokimi bölgan rais rahbarlik qiladi.
Biroq “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonunda Özbekiston Respublikasining bir neçta ma’muriy-hududiy birligi negizida yagona maxsus iqtisodiy zona taşkil etilişi yoki bir ma’muriy-hududiy birligida taşkil etilgan maxsus iqtisodiy zonaning hududini boşqa ma’muriy-hududiy birlikdagi yer maydonlari hisobiga kengaytiriş bilan boğliq normalar belgilanmagan”, – deyiladi vazirlik xulosasida.
Vazirlik xulosasi davomida Samarqand viloyati hududida taşkil etilgan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududini Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanidagi qişloq xöjaligiga möljallangan 22,3 gektar yer maydonida hamda Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi qişloq xöjaligiga möljallangan 37,4 gektar yer maydonlarida kengaytiriş "Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida"gi qonun talablariga zid hisoblanişini aytilgan.
“Bu kelgusida "Urgut" erkin iqtisodiy zonasining mazkur ma’muriy-hududiy birliklardagi hududlarini ma’muriy jihatdan boşqarişda turli muammolarni keltirib çiqaradi”, – deyilgan xulosada.
Yuqoridagilardan kelib çiqib vazirlik yagona maxsus iqtisodiy zona taşkil etilişi yoki bir ma’muriy-hududiy birligida taşkil etilgan maxsus iqtisodiy zonaning hududini boşqa ma’muriy-hududiy birlikdagi yer maydonlari hisobiga kengaytiriş borasida xorijiy tajriba örganib çiqilişi zarurligini ta’kidlagan. Şuningdek, mazkur masala huquqiy jihatdan maqsadga muvofiq deb topilganda, uning huquqiy asoslari “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonunda belgilab berilişi, bunda uni ma’muriy jihatdan boşqariş bilan boğliq masalalar inobatga olinişi lozimligi qöşimça qilingan.
“Tavsiyaviy xarakterga ega tavsiyalar”
Adliya vazirligi ijobiy xulosa bermasa-da, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Vazirlik rasmiysi Urgut EIZ hududini kengaytirişga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi yuzasidan bergan xulosasi haqida Kun.uz’ga tuşuntiriş berdi.
“Adliya vazirligi ekspertizaga kelgan hujjatlar böyiça öz taklif va e’tirozlarini beradi. Lekin qabul qiliş yoki qilmaslik masalasi hujjatni tayyorlovçi organ ixtiyorida böladi. Tavsiyalar tavsiyaviy xarakterga ega böladi”, – dedi vazirlik mas’uli.
Urgut EIZning boşqa hududlarda filiallari bungaça ham bor edi
Urgut EIZni kengaytiriş yoki uning filialini boşqa ma’muriy hududiy birliklarda taşkil etiş bilan boğliq bunday qarorlar qabul qilinişi faqatgina Beruniy va Kitob tumanlari bilan sodir bölmadi.
2021 yilning 4 noyabrdagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qaror bilan Samarqand viloyatining barça tuman (şahar)larida va Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Urgut EIZ filiallari taşkil qilingan.
“Mazkur qaror qabul qilinişidan maqsad Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarining işlab çiqariş va resurs salohiyatini kompleks rivojlantiriş, mineral xomaşyo va qişloq xöjaligi resurslarini çuqur qayta işlaş orqali innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirişga töğridan töğri investitsiyalarni jalb qiliş, yangi iş örinlari taşkil etiş hamda aholi farovonligini oşirişdan iborat”, – deyiladi Urgut EIZning rasmiy xabarida.
Urgut EIZ 2018 yilda Samarqand viloyatidagi “Xişrav-2” massivi yer maydonlari hisobiga kengaytirilgan. 2021 yilning mart oyida Samarqand viloyatidagi Öramas va Xisrav mavzelaridagi 344 gektar yer hisobiga EIZ yana kengaytirildi – bunda 61,3 gektar yer qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar edi.
Bundan körinadiki, Urgut erkin iqtisodiy zonasi 2018 yilda Samarqand viloyatidagi hududlar evaziga kengaytirilgan. Keyingi paytlardagi Urgut EIZning “semirişi” Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasiga köçdi.
Bu manipulyatsiyami?
Iqtisodçi Otabek Bakirov EIZlar hududini noqonuniy kengaytiriş masalasiga e’tibor qaratarkan, har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uçun yirik maxsus iqtisodiy zonalarni taşkil etiş töğrisidagi loyiha ötmay qolgani uçun EIZlar hududini kengaytiriş manipulyatsiyasi işga tuşganini aytmoqda.
Çunki erkin iqtisodiy zonalar rezidenti bölib olgan sub’yektlar yer, mulk va suvdan foydalanganlik soliqlarini tölamaydi. Loyiha bilan boğliq texnologiya va xomaşyo olib kirişda bojlardan ozod qilingan. Qöşilgan qiymat soliğini soddalaştirilgan va tez muddatlarda qaytarib oladilar. Qator erkin iqtisodiy zonalar rezidentlari yana boşqa soliqlar, xususan foyda soliği tölaşdan ham ozod qilingan.
“2023 yil Özbekiston budjeti uçun juda oğir keladi va buning yanvar oyidayoq oğriği sezilmoqda. Budjetning daromad va xarajatlari 15 yanvargaça oçiqlanib borildi-da, keyin farq kattalaşib ketayotgani haqidagi mulohazalardan keyin bu töğrida axborot beriş ham töxtab qoldi.
Soliq tuşumlari bilan boğliq vaziyat öta murakkab. Parazit bizneslar qança köp soliq tölamasa, uning yuki qolganlarga, imtiyozlarga ega bölmaganlarga, oddiy aholiga va kiçik biznes yelkasiga tuşaveradi.
Şuning uçun, toki erkin iqtisodiy zonalar va ularning rezidentlari faoliyati muvofiqligi töliq taftişdan ötkazilmaguniça, yangi zonalarni taşkil qiliş, kengaytiriş, yangi rezidentlarni qabul qilişni taqa-taq töxtatib turiş kerak”, – deb yozdi u.
Urgut erkin iqtisodiy zonasi haqida
Urgut erkin iqtisodiy zonasi 2017 yilda taşkil etilgan. EIZni taşkil qilişdan maqsad – taşqi bozorlarda talab katta bölgan, yuqori qöşilgan qiymatli raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişni ta’minlaydigan mineral-xomaşyo va qişloq xöjaligi resurslarini çuqur qayta işlaş böyiça zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil etişga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş uçun qulay şaroitlarni yaratiş.
2017 yildagi prezident farmonida nafaqat Urgut, balki “Ğijduvon” EIZ, “Qöqon” EIZ va “Hazorasp” EIZlarni ham taşkil qiliş közda tutilgandi. Uşbu EIZlar hududlarida alohida soliq, bojxona va valuta rejimi amal qiladi.
Eslatib ötamiz, 2021 yilda Kun.uz Urgutda EIZga yaqin uylar buzilişi mumkinligi, bu haqda aholiga ogohlantiriş xatlari yuborilgani haqida yozgandi.
Tuman hokimligi aholiga haqiqatan şu mazmundagi xat yuborilganini tasdiqlagan. Aholiga yuborilgan xatdaUrgut erkin iqtisodiy zonasining Mergança massividagi sanoat korxonalari bilan qöşilib ketgan aholi turar joy binolarini töliq xatlovdan ötkaziş közda tutilgan. Şuningdek, xatlov natijasi böyiça turar joy binolarini köçiriş orqali hududning boş rejasiga özgartiriş kiritiş yuzasidan taklif işlab çiqiş, xatlovda aniqlangan uy-joy binolarining köçirilişi haqida ogohlantiriş berilişiga doir topşiriq bölgan.
Kun.uz maqolada sanoat hududi aholi yaşaş punktlariga kirib borayotganiga e’tibor qaratgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi