Ma'lumki, davlat rahbari 9 may “Xotira va qadrlaş kuni” munosabati bilan özbek xalqining yuksak insoniy fazilatlarining yorqin namunasi bölgan Şoahmad Şomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadrini inobatga olib, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylaştiriş maqsadida “Xalqlar döstligi” nomi va yodgorlik ansamblini poytaxt markaziga qaytariş yuzasidan körsatma berdi.

Ayni damda şaharning muhtaşam san'at saroyi oldidagi maydon va uning atrofidagi hududda ulkan quriliş işlari olib borilmoqda. Buning natijasida markaziy köçalar va yöl ötkazgiçlarda vaqtinçalik tirbandliklar yuzaga kelib, şahar aholisi noqulayliklarga duç kelmoqda. 

Şu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan amalga oşirilayotgan şu va boşqa quriliş işlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni töğri tuşunişlarini söraymiz, deyiladi Toşkent şahar hokimligi xabarida.
 
«Amalga oşirilayotgan bu kabi bunyodkorlik işlari kelgusida şahrimiz aholisi va mehmonlarining qulayligi, poytaxt köçalarining gözalligi hamda porloq kelajagimiz uçun xizmat qilişi şubhasiz», - deya yakunlanadi xabar.