Özbekiston va Turkiya prezidentlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvi bölib ötmoqda. Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, Turkiya fuqarolari uçun vizalar bekor qilingani turizm rivojiga katta turtki berdi.

«Vizani bekor qilganimiz turizmga katta turtki berdi. Endilikda, katta mehmonxonalar qurişimiz, infratuzilmani rivojlantirişimiz lozim. Turkiya bu sohada katta tajribaga ega, uning bu tajribasidan unumli foydalaniş böyiça yöl xaritasiga qöl qöydik. Ziyorat turizmi böyiça imkoniyatlardan foydalaniş böyiça ham tegişli şartnomalar imzolandi», - dedi prezident. 

«Prezident Erdöğan Turkiy tildagi davlatlar yiğilişi kengaşining Turkiyadagi ofisida faqat Özbekiston bayroği yetişmayotgani haqida aytdi. Bugun bayroğimiz hilpirab turişi böyiça ham ijobiy natijaga erişdik. Turkiy tildagi davlatlar yiğilişining navbatdagi sammiti Bişkekda bölib ötadi, Özbekiston ham unda qatnaşadi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.