Özbekiston turistik brendi tarğiboti, elektron va tranzit vizalar, sayyohlar sonini oşiriş va boşqalar haqida - Aziz Abduhakimov (intervyu)
|07:45 / 30.04.201811 22313 min
Turizm rivoji yölidagi tösiqlar qanday bartaraf etilmoqda, sayyohlar sonini oşiriş yölida qanday işlar amalga oşirilmoqda, viza rejimini soddalaştirişga doir işlarning soha rivojiga ta'siri, turistik eksport xizmatlari hajmini oşiriş, aviaxabarlaşuv infratuzilmasi va boşqalar haqida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Facebook'dagi sahifasi orqali taqdim etilgan intervyuda söz yuritdi.
Özbekistonda yaqin yillargaça turizmga yetarliça e'tibor qaratilmagan? Bugungi kunda turizmni rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni yengib ötiş uçun nimalar qilinmoqda?
Uzoq yillar davomida Özbekistonda turizmga yetarliça e'tibor qaratilmagan, bunga turli tösiqlar va çeklovlardan iborat obektiv sabablar bölgan. 2016 yildan boşlab Özbekiston prezidenti tomonidan turizmni mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik yönalişlaridan biriga aylantirişga qaratilgan aniq strategiya işlab çiqildi va bu boradagi işlar bir neça bosqiçga ajratildi.
Birinçi bosqiç keraksiz tösiqlar va çeklovlarni olib taşlaşga qaratilgan. Şu munosabat bilan mavjud tösiqlarni olib taşlaş uçun Prezident qarorlari çiqarildi. Masalan, xorijiy sayyohlarga mamlakatimizdagi tarixiy obektlarni suratga oliş taqiqlangandi yoki sayyohlarning SIM-karta olişi bilan boğliq muammolar bölgan. Yana bir misol - ijaraga avtomobil oliş. Xorijlik fuqaro Özbekistonda maşina ijaraga olişi uçun dastlab yozma ravişda şartnoma imzolaşi, keyin notariusga borib uni tasdiqlatişi va bularning barini DAIda röyxatdan ötkazişi kerak bölgan. Wi-Fi zonalarni kengaytiriş - yana bir muammo bölgan.
Bugunga kelib tösiq va çeklovlarni olib taşlaşga doir işlarning taxminan 90 foizi amalga oşirildi. Oldimizda qolgan ikki asosiy vazifa turibdi: elektron vizaning joriy qilinişi va viza rejimini soddalaştirişda davom etiş, şuningdek xorij fuqarolarini röyxatdan ötkaziş tizimini muvofiqlaştiriş. Bu yönalişda yaqin orada hal qilişimiz zarur bölgan katta muammolarimiz bor.
Özbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini oşirişga doir qanday mexanizmlar joriy qilinmoqda?
Bugunga kelib viza rejimini bekor qiliş va soddalaştiriş, xorijiy mamlakatlarda Özbekistonning turistik salohiyatini tarğib qilişga doir qabul qilingan qarorlar öz samarasini bermoqda va biz mamlakatimizga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonining oşayotganiga guvoh bölyapmiz. Bu yerda, albatta, ikki omilni qayd etiş joiz:
Mavzuga oid
1. Içki sayyohlar soni keskin oşmoqda;
2. Xorijlik sayyohlar soni oşmoqda.
Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, Özbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni ötgan yilga nisbatan ikki baravarga oşgan. Endi esa bizning oldimizda infratuzilma bilan boğliq muammolarni hal qiliş vazifasi turibdi - mehmonxonalar, restoranlar, mavzuiy parklar va turizm sanoati bilan boğliq barça obektlar, şuningdek transport logistikasi. Ba'zi işlarni amalga oşiriş respublika qonunçiligiga özgartirişlar kiritişni talab qiladi. Çet el investitsiyalarini jalb qiliş bilan boğliq tomonlar bor. Bu yönalişdagi işlar davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda viza rejimini yengillaştirişga doir qanday aniq çoralar körilmoqda?
Bugun biz birinçidan, tranzit vizalarni işga tuşiriş ustida işlayapmiz, ya'ni tranzit yölovçilarga vizasiz uç kun (72 soat) davomida Özbekistonda mehmon böliş va tarixiy obidalar hamda milliy oşxonamizdan baxramand böliş imkoni yaratiladi. Ular Özbekistonda muayyan vaqtini ötkazib, keyin asosiy yönalişida davom etadi. Ayni damda kerakli hujjatlarni rasmiylaştirib, bu mexanizmni işga tuşiramiz.
Bundan taşqari, elektron vizalarni joriy qilişga doir vazifa turibdi. Uni amalga oşiriş muddati - birinçi yarim yillik. 1 iyuldan biz mazkur tizimni işga tuşirişimiz kerak. Bu yönalişdagi işlarni öz muddatida bajariş uçun biz Taşqi işlar vazirligi va Davlat personalizatsiya markazi bilan birgalikda işlayapmiz.
Röyxatdan ötkaziş tizimini soddalaştiriş - yana bir muhim vazifa. Xorijiy sayyohga qulay bölişi yölida tegişli huquq-tartibot organlari bilan iş olib boryapmiz. Prezidentimiz aynan şu haqda gapirgan edilar - sayyoh mehmonga kelib, röyxatdan ötiş uçun idoralararo yugurib yurişi kerak emas. Bu jarayonni ikki bosqiçga ajratişga töğri keladi: birinçi bosqiçda E-mehmon elektron röyxatdan ötiş tizimi joriy qilinadi. Agar sayyohlar mehmonxona yoki boşqa joylaşuv vositalarida töxtaşsa, bu vazifani aynan şu mehmonxona xodimlari yoki sayyohlar töxtagan xonadon egalari öz zimmasiga oladi.
Qator mamlakatlar uçun Özbekistonda qoliş muddati 30 kungaça uzaytirildi, 39 mamlakat fuqarolari uçun muayyan preferensiyalar belgilandi. Bu sayyohlar oqimini köpaytiriş, soha rivojiga qanday ta'sir körsatdi?
Eng avvalo, xorijiy sayyohlarni hisoblaş tizimiga aniqlik kiritib ötmoqçiman. Statistika ma'lumotlariga köra, ötgan yillarda Özbekistonga 2-2,5 million sayyoh taşrif buyurgan, deya hisoblanadi. Xalqaro turizm taşkiloti metodologiyasiga muvofiq, u yoki bu mamlakatga taşrif buyurgan har qanday çet el fuqarosi sayyoh hisoblanadi. Boşqa mamlakatlar, jumladan Qozoğiston, Gruziya, Rossiya, Qirğizistonda ham millionlab turistlar deklaratsiya qilinadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Şunga qaramay, bu vaziyatga yanada real qaraydigan bölsak, bu oqimning 70 foizidan ortiqroği - qöşni mamlakatlardan kelgan mehmonlar. Tabiiyki, ular mehmonxonada töxtaşmaydi, bunday taşriflar aksariyat holatlarda 1-2 kunlik böladi. Bizning tasavvurimizdagi - sayohat qilib, suvenirlar xarid qiladigan turistlar esa - ança kam. Hisob-kitoblarimizga köra, ötgan yili ularning soni taxminan 200 ming kişini taşkil qilgan. Şu bois biz bu statistikani qayta körib çiqdik va hozir oldimizga real raqamlar, real vazifalarni qöymoqdamiz.
Joriy yilda Özbekistonga uzoq xorijdan keluvçi fuqarolar va sayyoh sifatida kelayotgan rossiyaliklar sonini taxminan 350 mingga yetkazişni maqsad qilganmiz. 2020 yilga borib bu raqamlarni 500 ming nafarga yetkazmoqçimiz. Bu yerda heç qanday nomutanosibliklar yöq, barça mamlakatlar u yerga taşrif buyuruvçilar soni böyiça hisoblaydi. Biroq Özbekistonga kelayotgan real sayyohlar sonini hisoblaş uçun men mamlakatimizga taşrif buyuruvçilar va sayyohlar sonini hisoblaşni taklif qilgan bölardim. Ehtimol, bu Xalqaro turizm taşkiloti metodologiyasiga u qadar töğri kelmas, biroq turizmdan tuşadigan real daromadlarni hisoblaşimiz uçun bizga şunisi qulay. Şunda biz investitsiyalar, infratuzilma rivoji va boşqa masalalar böyiça prognozlar qila olardik.
Bugun aytişimiz mumkinki, turizmni rivojlantirişga doir körsatkiçlarimiz juda yaxşi. Vizalarni bekor qiliş natijasida sayyohlarning umumiy soni ikki baravarga oşdi. Uzoq xorijdan taşrif buyuruvçi sayyohlar soni 80 foizga oşdi. Şu örinda esa, biz bugun jamoatçilik transportlari borasida muammolarga duç kelyapmiz, Afrosiyob poyezdlariga çipta topib bölmayapti, tarixiy şaharlarimizda mehmonxonalarda joy band qilişning iloji bölmayapti va Özbekistonga xorijdan parvoz qilayotgan samolyotlarda böş örinlar qolmayapti.
Biz turistik infratuzilmadagi kamçiliklarga duç kelyapmiz. Yaqin 1,5-3 yilda hal qilişimiz kerak bölgan masala - joylaşuv vositalarini keskin köpaytiriş. Biz turistlar oqimi oşib borayotganini körib, bu biznesga kirişga harakat qilayotgan xöjalik sub'yektlarini köryapmiz. Ular mehmonxonalar, xostellar, mehmonxona uylarini qurişmoqçi. Bu yönalişda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan qator rağbatlantiruvçi çoralar işlab çiqilgan. Çet ellik sarmoyaçilar bizdan birinçi bölib ular qölga kiritayotgan yer uçastkalari ularga xususiy mulk sifatida rasmiylaştirilişiga doir imtiyozni söraşadi. Ayni damda biz hukumatga şu jumladan mehmonxona qurilişi uçun beriladigan yer xususiy bölişini közda tutvçi hujjatlar paketini taqdim qilyapmiz.
Yana bir imtiyoz esa import jihozlarni (mebellar, quriliş materiallarini) heç qanday çeklovlarsiz olib kirişni közda tutadi. Xuddi şu hujjat bilan franşizalarni jalb qilayotgan işbilarmonlarga ham imtiyozlar yaratmoqçimiz. Şu munosabat bilan franşizalarni jalb qiluvçi xöjalik sub'yektlari xarajatlarining bir qismi qandaydir tarzda kompensatsiya qilinişi rejalaştirilgan.
Turkiyada 1980-1990-yillarda mehmonxonalar sonini keskin oşiriş yölida amalga oşirilgan çoralardan biri - mehmonxona qurilişi va işga tuşgandan keyin xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinişi. Biz ham şunday sxema - Özbekistonda yangi mehmonxonalar qurilişini rağbatlantiriş ustida boş qotiryapmiz.
Huquqiy maydon haqida gapiradigan bölsak, bugungi kunda bizda Turizm töğrisidagi yangi qonun loyihasi tayyorlangan. Bu qonunda turizm mamlakat iqtisodiyotining asosiy yönalişlaridan biriga aylanişi uçun işbilarmonlar faoliyatiga yanada köproq erkinlik va qöşimça rağbat beruvçi yangi normalar, yangi qoidalar işlab çiqiladi.
Turizm sohasi oldiga yaqin 5 yilda turistik eksport xizmatlari hajmini ikki baravarga oşiriş vazifasi qöyildi. Buni nimaning evaziga amalga oşirmoqçisizlar?
Özimiz uçun aniq tasavvur hosil qilişimiz kerakki, biznes va turbiznes bu nafaqat turoperator va mehmonxonalar, balki butun bir turistik infratuzilma hamdir. Şu munosabat bilan biz sayyohlar odatda nimalarga xarajat qilişini tahlil qilib çiqdik. Sayyohlar Özbekistonda pul qoldirişi mumkin bölgan barça bosqiçlar örganib çiqildi.
Biz ijobiy ma'noda turizm monetizatsiyasini amalga oşirişimiz kerak, ya'ni xizmatlar diversifikatsiya qilinişi, hamyonbop bölişi kerak, biroq şu bilan birga daromadlarni yöqotişimiz ham kerak emas.
Afsuski, bizda suvenirlar, gidlar xizmatlari, restoran-kafelardagi narxlar yoki kommunikatsiya va IT xizmatlari narxlari juda past. Bu bir tomondan bizning raqobatdagi ustunligimizni ta'minlasa, boşqa tomondan turizm sohasiga keluvçi daromadlar ham işbilarmonlar, ham hukumatga manfaat keltirişi kerak.
Ayni damda yangi dastur işlab çiqmoqdamiz, unga köra, har yili suvenir mahsulotlari tanlovi ötkaziladi. Bu Koreya Respublikasi tajribasidan olingan juda yaxşi misol.
Har bir mamlakat sayyohlari öziga xos qiziqişlarga ega. Bunda biz turk hamkasblarimizning har bir mamlakat sayyohiga öziga xos yondaşuvni közda tutuvçi tajribasiga tayanamiz.
Turizm rivoji köp holatlarda aviaxabarlaşuv infratuzilmasiga ham boğliq. Bu borada qanday loyihalar amalga oşirilmoqda?
Ha, aksariyat sayyohlar Özbekistonga samolyotda keladi. Turizm rivoji Özbekiston özining kuçli milliy aviataşuvçisiga ega bölişiga bevosita boğliq. Bizda mintaqaviy xabga aylaniş va milliy aviakompaniyamiz mintaqadagi eng kuçli aviakompaniyaga aylanişi uçun barça imkoniyatlar mavjud. Birinçi navbatda, bizning aeroportlarimiz geografik jihatdan juda qulay joylaşgan. Şunday bölsa-da, qator muammolarni hal qiliş kerak. Masalan, aviataşuvlarni boşqaruv tizimini qayta yölga qöyiş talab etiladi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan Qarşi aeroportida loukosterlarni jalb qiliş, oçiq osmon rejimini tatbiq qilişga doir sinov loyihasi yölga qöyildi. Bugunga kelib qator aviakompaniyalar ("Uralskiye avialinii", Pegasus, Atlas va b.) uşbu aeroportga parvozlarga qiziqiş bildirmoqda. Aviakompaniyamiz bu borada juda intensiv işlar olib bormoqda. Biz aviakompaniya tuzilmasini optimallaştiriş haqida öylaydigan vaqt kelganini yaxşi tuşunib turibmiz. Bu islohotlar natijasida Özbekiston kuçli mintaqaviy xabga aylanişi kerak, bizning aviakompaniyamiz mintaqadagi eng kuçli aviakompaniya bölişi kerak. Aviataşuvlar xizmatlari narxlari hamyonbop bölişi uçun aeroportlarda raqobatbardoşlik muhiti bölişi kerak.
Özbekistonning xorijdagi turistik brendini rivojlantiriş borasida qanday işlar amalga oşirilmoqda?
Sönggi yarim yilda Özbekistonning turistik yönaliş sifatida tarğib qilişga doir işlar hajmi keskin oşirildi. Öylaşimça, ijtimoiy tarmoqlar va umuman şu soha rivojini kuzatib boruvçi kişilar Özbekistonga kelayotgan çet el ommaviy axborot vositalari sonining bir neça baravarga oşganini sezgan bölişlari kerak.
Avvallari bir çorakda maşhur xorij OAVdan 3-4 tasi kelgan bölsa, hozir oyiga 10-15 matbuot vakillari taşrif buyurişmoqda va Özbekiston hamda turizm haqida yozişmoqda.
Ma'lumki, reklama byudjyeti çeklangan. Afsuski, bizda boşqa mamlakatlar kabi bunga millionlab dollar sarflaşning imkoni yöq, zero biz hozir turizmni rivojlantirişning dastlabki bosqiçlarida turibmiz.
Şunga qaramay, biz Özbekistonning turistik salohiyatini tarğib qilişning nostandart, lekin samarali usullaridan foydalanişga harakat qilamiz. Bu borada misol keltirib ötaman - yaqinda bizning Mayami (AQŞ)dagi vatandoşimiz samolyotda UzbekistanTurismo yozuvi va bayroğini reklama qilganiga doir xabar ijtimoiy tarmoqlarda berildi. Bu ham öziga xos nostandart yondaşuvdir. Yoki maşhur repper Doni Buxoroda öz qöşiğiga klip oldi va bu klipini ilk ön kunning özidayoq YouTube'ning 1,5 milliondan ziyod foydalanuvçisi tomoşa qilgan. Şuningdek turli Travel-körsatuvlarni misol qiliş mumkin - bugun sayyohlarni jalb qiliş nuqtai nazaridan bizga qiziq bölgan mamlakatlarning reytingli Travel-körsatuvlari bilan işlayapmiz.
Bundan taşqari, Aziz Abduhakimov intervyu davomida ziyorat turizmini rivojlantiriş va bu yönalişda olib borilayotgan işlar, malakali gidlarni tayyorlaş maktablari haqida ham söz yuritdi.