Toşkentda bölib ötayotgan Özbekiston – Turkiya biznes-forumida 50dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar böyiça umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanişi kutilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, Köksaroyda ötgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötgani ma'lum qilingandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan Qöşma bayonotni imzoladi. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari örtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta'lim, turizm va boşqa sohalarga doir 24ta hujjat imzolandi.













