Eron sudi 30 aprelda mamlakat hududida Telegram messenjeridan foydalanişni taqiqlaş haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Eronning IRIB davlat telekanali ma'lum qilgan.
“Telegram dasturi yuzasidan bildirilgan turli şikoyatlarni hisobga olib va xavfsizlik talablaridan kelib çiqib, sud idoralari messenjerdan foydalanişni taqiqlab qöyişdi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq Eron hukumati davlat xizmatçilariga xorijiy messenjerlar, jumladan Telegram’dan foydalanmaslikka körsatma bergan. Eronning oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xomanaiy ham Telegram’dan foydalanişdan voz keçişini ma'lum qilgan. Hukumat Telegram örniga mahalliy Soroush messenjeridan foydalanişni taklif qilgan.
Ma'lum qilinişiça, Eronda Telegram’dan 45 mln kişi foydalanadi. Eronda 2017 yilda hukumatga qarşi ötgan namoyişlardan keyin messenjer 2017 yil 30 dekabrda bloklab qöyilgandi, biroq köp ötmay, ya'ni 2018 yil 13 yanvarda undan taqiq olingandi.













