Özbekistonda turizmni rivojlantiriş yölidagi asosiy tösiqlardan  biri - mehmonxonalar yetişmovçiligi muammosini bartaraf etişda Turkiya tajribasi qöllaniladi. KUN.UZ muxbiri 30 aprel kuni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va PR-markazi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda berilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Mutaxassislarning sözlariga köra, mehmonxonalar bilan boğliq muammolarni hal qilişda Turkiya tajribasini qöllaş uçun qonunçilikka ayrim özgartirişlar kiritiş kerak böladi. Tadbirda turizmni rivojlantirişda Turkiya tajribasini örganiş uçun turkiyalik ekspert Sodiq Badak bilan şartnoma tuzilgani, ayni damda u bilan birga Turizmni rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqilayotgani, yaqin oylarda u taqdim etilişi aytildi.

Turkiya boş ombudsmeni Şeref Malkoç bu borada şunday deydi:

Turkiya 40 yildan beri turizmni rivojlantiriş bilan şuğullanadi. Özbekistonda mehmonxonalarga ehtiyoj borligini köryapmiz. Mana bugungi kunga kelib Özbekistonga çet ellik sarmoyaçilar va işbilarmonlarga bu yönalişda qator imtiyozlar yaratilayotgan ekan, ba'zi huquqiy va taşkiliy jarayonlar hal qilinganidan keyin turkiyalik işbilarmonlar bu yerda mehmonxonalar qurilişi, turizm infratuzilmasini yaxşilaşga bel boğlaydi, ular bunga şay.

Bundan avval Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov ham Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Facebook sahifasi orqali uzatilgan intervyusida Özbekistonda turistik infratuzilma borasida ma'lum bir kamçiliklarga duç kelinayotgani, yaqin 1,5-3 yilda hal qiliş kerak bölgan masala - joylaşuv vositalarini keskin köpaytiriş ekanini ta'kidlagan edi.

Biz turistlar oqimi oşib borayotganini körib, bu biznesga kirişga harakat qilayotgan xöjalik sub'yektlarini köryapmiz. Ular mehmonxonalar, xostellar, mehmonxona uylarini qurişmoqçi. Bu yönalişda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan qator rağbatlantiruvçi çoralar işlab çiqilgan. Çet ellik sarmoyaçilar bizdan birinçi bölib ular qölga kiritayotgan yer uçastkalari ularga xususiy mulk sifatida rasmiylaştirilişiga doir imtiyozni söraşadi. Ayni damda biz hukumatga şu jumladan mehmonxona qurilişi uçun beriladigan yer xususiy bölişini közda tutuvçi hujjatlar paketini taqdim qilyapmiz. Yana bir imtiyoz esa import jihozlarni (mebellar, quriliş materiallarini) heç qanday çeklovlarsiz olib kirişni közda tutadi. Xuddi şu hujjat bilan franşizalarni jalb qilayotgan işbilarmonlarga ham  imtiyozlar yaratmoqçimiz. Şu munosabat bilan franşizalarni jalb qiluvçi xöjalik sub'yektlari xarajatlarining bir qismi qandaydir tarzda kompensatsiya qilinişi rejalaştirilgan.