Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdöğan Buxoroga taşrifi avvalida Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildilar. Qur'on tilovat qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Özbek va turk xalqlarining dini, ma'naviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yaşagan avliyo va allomalar Turkiyada ham e'zozlanadi. Bahouddin Naqşband ana şunday siymolardan biridir. 

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qöşgan ulkan hissasi, «Köngling Allohda, qöling mehnatda bölsin» degan ğoyaning mazmun-mohiyati haqida sözlab berildi.

Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoşlarimiz va xorijiy sayyohlar köp keladigan ziyoratgohga aylandi.

Turkiya prezidenti Özbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma'naviyatiga hurmati balandligini ta'kidladi. Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirgani aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Buxoroda Rajab Toyyib Erdöğanni kutib olgani  xabar qilingandi.