Samarqand - Temuriylar davlatining poytaxti bölgan gözal, qadimiy va latif şahar. Dunyoga maşhur tarixiy şahar nomi bahslarga ega. “Samarqand” sözining kelib çiqişi töğrisida bir qança taxmin va gipotezalar mavjud. Şarq mualliflari “Samarqand” sözining birinçi qismi, ya'ni “Samar” sözi şu şaharga asos solgan yoki şaharni bosib olgan kişining nomi şarafiga atalgan, deb hisoblab kelişdi. Biroq tarixda bunday ismli kişi töğrisida ma'lumotlar aniqlanmagan. Sözning ikkinçi qismi “kent” (kand) — qişloq, şahar degan ma'noni bildiradi. Ba'zi yevropalik olimlar bu nom qadimdan qolgan sanskritça “Samarya”ga yaqin, ya'ni “yiğiliş, yiğin” sözidan kelib çiqqan, deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida şahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ança yaqin bölib, Marokanda — Samarqand atamasining yunonça aytilişidir. 11-asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koşğariy şahar nomining kelib çiqişini “Semizkent”, ya'ni “semiz qişloq” sözining buzib talaffuz qilinişi, deb tuşuntiradilar.

Samarqand qadimiy tarixi va me'moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey şaharga aylandi. Şu bois hukumat qarori bilan 1982 yilda Samarqandning Afrosiyob şahristoni, örta asrlarda bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar va 19—20-asrlarda qurilgan “Yangi şahar”dagi binolar, tarix va ölkaşunoslik muzeylari asosida “Samarqand davlat birlaşgan tarixiy-me'moriy muzey qöriqxonasi” tuzildi. Öşa yilda şaharning tarixiy qismini muhofazalaş çegaralari belgilandi.

Samarqandning me'moriy-tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YuNESKOning Finlyandiyada ötkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi röyxatiga kiritildi.

Samarqandda 73ta yirik tarixiy me'moriy yodgorlik: Registon ansambli, Şohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Uluğbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boşqalar saqlangan. Özbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov taşabbusi bilan Samarqandda Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy dafn etilgan Çokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, qabriston obod etildi, Burhoniddin Marğinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana böyiça) (2000) keng nişonlandi (Samarqand şahridagi Çokardiza qabristonida dafn etilgan). Samarqandning markaziy maydoniga Amir Temur haykali örnatildi. Şahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi özining gözalligi bilan inson e'tiborini öziga tortadi. Samarqandga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyohlar kelib ketadi.