Peruning qamoqda uşlab turilgan sobiq prezidenti Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Erediya 30 aprelda ozodlikka çiqarildi. Bu haqda Peru21 portali xabar berdi.
Ötgan haftada Peru konstitutsiyaviy sudi Umalaning ozod qilinişi iltimosini qondirişga qaror qildi. Natijada Umala va uning rafiqasi turmada 9 oy ötkazganidan keyin ozodlikka çiqdi. Biroq sud qarori ularga nisbatan tergov töxtatilganini anglatmaydi.
2017 yil iyulda Umala va uning rafiqasi hibsga olinib, turli turmalarga jönatilgandi. Tergov ma'lumotlariga köra, Umala prezident bölganda (2016 yil iyulda lavozimidan ketgan) Peru milliy partiyasining 2006 va 2011 yillardagi saylovoldi kampaniyalarini moliyalaştiriş uçun Venesuela hukumati hamda Odebrecht quriliş kompaniyasi va OAS firmasidan mablağ olgan bölişi mumkin. 2015 yilda Peru prokuraturasi, şuningdek, Umalaning rafiqasiga nisbatan pul yuvişga aloqadorligi gumoni bilan tergov ötkazişini ma'lum qilgan.













