Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga davlat taşrifi samarali va mazmunli böldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarlarining Köksaroyda bölib ötgan muzokaralari natijasida 25ta hujjat imzolandi. Ekspomarkazda ikki mamlakat işbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelişuvlarga erişdi. Buxoro ziyorati uçraşuvlarga qöşimça mazmun baxş etdi.
Şuning bilan Turkiya prezidentining mamlakatga taşrifi nihoyasiga yetdi.
Rajab Toyyib Erdöğanni Buxoro xalqaro aeroportida prezident Şavkat Mirziyoyev kuzatib qöydi.
Eslatib ötamiz, Turkiya davlati rahbari endi Seulga parvoz qilib, u yerda 2 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan birga-bir va kengaytirilgan şaklda uçraşuvlar ötkazadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifi, prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvi, Oliy Majlisdagi çiqişi, Özbekiston-Turkiya biznes forumi, ikki tomonlama erişilgan kelişuvlar va Turkiya davlat rahbarining taşrifiga doir barça xabarlar bilan batafsil tanişişingiz mumkin.
Barça yangiliklar 👉 https://kun.uz/news/time/uzbekiston-turkia-munosabatlari













