Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qişloq” dasturiga muvofiq qişloqlarni obodonlaştiriş işlarini sifatli taşkil etiş va jadallaştiriş masalalariga bağişlangan videoselektorda ikkinçi jahon uruşi yillarida yuksak mehr-muruvvat va oqibat körsatgan Şoahmad Şomahmudovlar oilasining jasoratini alohida qayd etib ötdi.

Prezident “Istiqlol” san'at saroyi nomi va maydoni, bundan taşqari, şu yerdagi "Bunyodkor" metro bekatiga eski nomni qaytarişga, Şayxontohur tumanidagi Boğ köça örniga Şomahmudovlar nomini qaytariş haqida topşiriq berdi.

Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xodimlari Şayxontohur tumani "Jarariq" mahallasi Boğ köça 35-uyda yaşovçi Şomahmudovlar oilasining katta qizi Xolida xolaning xonadonida bölganida, Xolida xola bu xabarni eşitib bölganini, bundan juda mamnunligini va bu hayotdan roziligini adolat qaror topdi, deb prezidentni qayta-qayta duo qilayotganini aytdi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Bugungi kunda soğ-salomat ikki nabira, beş nafar evara bağrida baxtli-saodatli hayot keçirayotganligini ta'kidladi. 

- Şu kunlarga yetib kelganimga şukr. Hamma bölayotgan xayrli işlarni öz közim bilan körayotganimga şukr. 9 may kuni uzun limuzin maşinasida dadamning nomi qaytgan maydonga olib boringlar, - deya hazil aralaş aytib ötgan Olga Semyonovna.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati