«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi hamda Boeing korporatsiyasi navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner yölovçi samolyotini yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi.
Boeing matbuot xizmati xabariga köra, hozirgi listing narxlari böyiça samolyot 239 mln dollarga baholanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu qöşimça samolyotni hisobga olgan holda, Özbekistonning milliy aviataşuvçisi 2020 yilgaça öz parkida uşbu turdagi oltita samolyotga ega bölişi xabar qilingandi. Joriy yilning may oyi örtalarida yetkazib berilişi kutilayotgan uçinçi Dreamliner MAK aviaparkida mavjud bölgan avvalgi ikkita Boeing-787-8 Dreamliner’dan yölovçi örindiqlarining soni oşiqligi - umumiy soni 270 (biznes klassda 24ta, iqtisod klassda 246ta) va ekipaj dam olişi uçun alohida bölinma taşkil etilganligi bilan farqlanadi.








