Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan Ark qörğoniga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Buxoro şahridagi uşbu qadimiy qal'a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi.
Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat ölkaşunoslik muzeyi bilan tanişdi, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni közdan keçirdi.


Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oraliğida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyğunlaşib, gözal ansambl hosil qilgan. Ularning me'moriy yeçimi ajdodlarimiz madaniyati va san'atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barçani hayratga solib kelmoqda.

Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom örta maxsus bilim yurti bilan tanişdi. Mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome' masjidlaridan biri bölgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.
Oliy martabali mehmon Buxoro şahrining tarixiy qismida zardözlik, zargarlik, gilamdözlik, kaştaçilik, kulolçilik mahsulotlari körgazmasi bilan tanişdi.
Sayilgoh köçasi, Toqi zargaron majmuasida namoyiş etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an'analarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning çiqişlari kişiga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Tarixiy va me'moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.












