Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Özbekistonga taşrifi davomida Buxorodagi Mir Arab madrasasini ziyorat qildi va u yerda Qur'oni karimdagi Infitar surasini öqidi. Mazkur video Turkiyaning yenisafak.com saytiga joylandi. 

 

Şuningdek prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdöğan Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom örta maxsus bilim yurti bilan tanişişdi. Mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome' masjidlaridan biri bölgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qilişdi.

Bundan taşqari, ikki davlat rahbarlari Ark qörğoniga taşrif buyurdi. Buxoro şahridagi uşbu qadimiy qal'a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi. 

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oraliğida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyğunlaşib, gözal ansambl hosil qilgan. Ularning me'moriy yeçimi ajdodlarimiz madaniyati va san'atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barçani hayratga solib kelmoqda.

Tarixiy va me'moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.