Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning 2018 yil 30 aprel – 1 may kunlari Özbekiston Respublikasiga davlat taşrifi davomida "Mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qiliş töğrisida" Bitim imzolandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Uşbu bitim Özbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi fuqarolari bölgan mehnat-migrantlari va ularning oila a'zolari hamda Turkiya Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi fuqarolari bölgan mehnat-migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qiliş bilan boğliq masalalarni tartibga soladi.

Uşbu Şartnomaning bajarilişiga mas'ul: Özbekiston Respublikasidan – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Içki işlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi; Turkiya Respublikasidan – Mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi va Içki işlar vazirligi.

Uşbu Bitimga muvofiq mehnat-migrantlarini qabul qiluvçi davlatning hududida iş beruvçilar bilan tuzilgan şartnomalar asosida qabul qiluvçi davlat qonunlariga muvofiq işlaşi mumkin.

Şuningdek, tomonlar öz mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini tartibga solişda yordam berişadi va öz mamlakatlarida noqonuniy mehnat migratsiyasini töxtatiş uçun hamkorlik qilişadi.