Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boşqa mutasaddilar iştirokida yiğiliş ötkazildi. 

KUN.UZ muxbiri xabariga köra, videoselektor davomida Şavkat Mirziyoyev faşizm bilan kuraşda katta matonat va qahramonlik körsatgan özbek generali Sobir Rahimov şaxsiga ham alohida töxtalib ötgan.

“Mana, 9 may yaqinlaşib kelyapti. Meni qiynab kelayotgan yana bitta masala bor. Şafqatsiz faşizm bilan kuraşda uruş maydonlarida qolib ketgan buyuk bobolarimiz bor. Şularni içida birgina bölgan general Sobir Rahimovning nomini eslamay ham qöydik. Mana şu qahramon generalimizning haykalini tarix va adolat uçun tiklab qöysak. Bu iş 9 maygaça amalga oşirilsa yaxşi bölardi”, - dedi prezident.    

Eslatib ötamiz, general Sobir Rahimov haykali 2011 yilning qişida Ğofur Ğulom boğiga köçirilgan. Bundan avval haykal Sobir Rahimov tumani hokimligi binosi oldida turgan. 2010 yilda esa tuman nomi Olmazor etib özgartirildi, undan avval «Sobir Rahimov» metro bekatiga ham «Olmazor» nomi berildi.

Ma'lumot uçun: Sobir Rahimov 1902 yil 25 yanvarda (ba'zi ma'lumotlarga köra 1 yanvarda) Toşkentda tuğilgan. Mehribonlik uyida ösgan. 1925 yili Bokudagi harbiy maktabni bitirib, Turkiston harbiy okrugida bir neça yil kavaleriyaga qömondonlik qilgan. 

Ikkinçi jahon uruşiga kelib Sobir Rahimov mayor va motoöqçi polki qömondoni örinbosari unvonida bölgan. 1941 yil iyulida yaralanib, gospitalda davolangan; öşa yil noyabrida 56-armiyaning 1149-öqçi polki qömondoni bölib frontga qaytgan. 1943 yilda Sobir Rahimovga general-mayor unvoni berilgan. 1945 yil 26 mart kuni Sobir Rahimov boşidan yaralangan va 8 soatdan söng gospitalda vafot etgan. 

Sobir Rahimovning qabri Toşkentda joylaşgan.