Isroil 2017 yil davomida 9,2 milliard dollarlik qurol-yaroğ sotdi, bu 2016 yilga nisbatan 40 foizga köp. Bu haqda uşbu davlatning Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan bayonotda aytiladi.

"2017 yilda eksportga möljallangan yangi şartnomalarning umumiy miqdori 9,2 milliard dollarga teng böldi, bu 2016 yilga nisbatan 40 foizga köpdir, - deyiladi hujjatda. - Ötgan yil mobaynida Isroil mudofaa konsernlari CIBAT (Mudofaa vazirligining eksport va harbiy-texnik hamkorlik böyiça boşqarmasi) yordamida Isroilning xalqaro mudofaa bozoridagi pozitsiyalarining kuçayişiga olib kelgan önlab yirik şartnomalarni imzoladi”.

Vazirlikdan körsatişlariça, 2017 yilda Isroil harbiy eksportining asosiy sohalariga "raketasozlik va havo hujumidan mudofaa tizimlari (31%), radarlar va radioelektron kuraş (17%), modernizatsiya va avionika (14%), öq-dorilar va qurol qurilmalari (9%), telekommunikatsiya tizimlari hamda aloqa tizimlari (9%), kuzatuv va optronika (8%), ma'lumotlar razvedkasi tizimi, axborot tizimlari va kibertexnologiyalar (5%), xizmatlar va boşqalar (3%), dronlar (2%), dengiz tizimlari (1%), sun'iy yöldoşlar hamda koinot (1%)" aylangan. 

Mudofaa vazirligidan qöşimça qilişlariça, 2017 yilda Isroil mudofaa eksportining 58%  Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlariga, 21% - Yevropa mamlakatlariga, 14% - Şimoliy Amerikaga, 5% - Afrikaga va 2% - Lotin Amerikasiga yönaltirilgan.