Jahon çempionati boşlanişiga sanoqli kunlar qolmoqda. Tribuna.Uz an'anasiga sodiq qolgan holda tört yillikning eng nufuzli musobaqasida iştirok etadigan terma jamoalar bilan taniştirişda davom etadi. Bu safar navbat Köhna qit'aning eng köhna terma jamoalaridan biri — Daniyaga.

DANIYa:
Taşkil topgan davr: 8-asr
Poytaxti: Kopenhagen
Boşqaruv şakli: Konstitutsion monarxiya
Aholisi: 5.7 million (110-örin)
Aul birligi: Krona

DANIYa TeRMA JAMOASI.

Foto: Andreea Alexandru/AP

Laqabi – «Daniya Dinamiti»
Konfederatsiya – UYeFA 
Federatsiya – Daniya futbol Ittifoqi
Yevropa Çempioni - 1992
Terma jamoa tarkibida eng köp iştirok etgan – Peter Şmayxel (129)
Eng köp gol kiritgan – Yon Dal Tomasson (52)
Ilk öyin – 1908 yil. 19 oktabr. Daniya - Fransiya - 9:0
Eng yirik ğalaba – 1908 yil. 22 oktabr. Daniya - Fransiya - 17:1
Eng yirik mağlubiyat – 1937 yil. 16 may. Germaniya – Daniya – 8:0
Jahon çempionatida: Çorak final (1998)

TARIXI
Daniya futboli taraqqiy etiş böyiça Yevropada eng qadimiylardan sanaladi, mamlakatning köplab klublari jahonning eng qadimiy klublaridan hisoblanişadi. Ammo ölkada xavaskorlik tamoyillarining asosiy örin tutganligi sababli, uzoq vaqt daniyaliklar futbolni professional asosga qurib olgan boşqa davlatlarga qarşilik qila olmay kelişdi. Şuning uçun ham ötgan asr boşidagi Daniya yutuqlari asosan olimpiada bahslariga töğri keladi. Ular 1906 yilda Olimpiada ğolibi bölişgan, keyingi 2ta olimpiadada esa kumuş medal egasi bölişgan.

Foto: Wikipedia