Özbekiston va Fransiya örtasidagi özaro hurmat va işonçga asoslangan döstona aloqalar köp asrlik tarixga ega. Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Karl VI ga yöllagan maktubida “Biz sizning davlatingiz gullab-yaşnaşini döstona tilab qolamiz”, degan samimiy istaklarni öqiş mumkin. Yetti asr muqaddam bitilgan uşbu noma ikki mamlakat örtasidagi döstlik naqadar mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.
Kuni keça Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi Fransiyaga taşrif buyurdi. Safardan közlangan asosiy maqsad Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, islom tamadduniga beqiyos hissa qöşgan buyuk allomalarimiz, aziz avliyolarimizning boy ma'naviy merosini çuqur örganiş, tabarruk qadamjolarini obod etiş borasidagi işlarni xalqaro hamjamiyatga yetkaziş, manfaatli aloqalarni yölga qöyiş, özaro tajriba almaşişdan iborat.
Fransiya Islom fondida bölib ötgan uçraşuv samimiy ruhda keçdi. Unda Özbekistonning vijdon erkinligini ta'minlaşdagi boy tajribasi, turli dinlarga e'tiqod qiluvçilarga öz ibodatlarini ado etişlari uçun yaratilgan şaroitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
“Globallaşuv jarayonlari şiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi şaroitda turli millat va din vakillarining bir-birini tuşunişi, qöllab-quvvatlaşi, jamiyat taraqqiyoti yölida hamkorlik qilişi öta zarur”, - deydi Fransiya Islom fondi prezidenti Jan Per Şevenman. - Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarni katta qiziqiş bilan kuzatib borayapmiz. Şubhasiz, mamlakatingiz Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvçi kuçga ega. Biz Özbekiston bilan madaniy-ma'rifiy sohada hamkorlik qilişdan manfaatdormiz”.
Qayd etiş kerakki, mazkur fond 66 millionlik Fransiya aholisi içida 7 milliondan ziyod musulmonlarning öziga xos örni va mavqeini saqlaş, ularning jamiyatga har tomonlama integratsiyalaşuvini ta'minlaşga qaratilgan keng qamrovli faoliyatni amalga oşiradi. Fond xodimlari Özbekistondagi islom tadqiqotlari markazlari bilan hamkorlikda islom dinining tinçlikparvar mohiyatini örganiş, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdor ekanlarini bildirişdi.
E'tiborli jihati, Fransiya Islom fondi 2021 yilda Fransiya madaniyat işlari vazirligi, Luvr muzeyi bilan hamkorlikda Parij şahrida “Buyuk ipak yöli madaniyati” mavzusidagi xalqaro körgazmani ötkazişga hozirlik körmoqda. Fransiya tomoni uşbu körgazma doirasida “Özbekiston – islom sivilizatsiyasi markazi” nomli mamlakatimizning qadimiy va boy tarixiga oid ekspozitsiyalarni tayyorlaşda hamkorlikka umid bildirdi.











