Internetda 2018 yilning 1-çoragiga köra smartfonlar bozori böyiça Strategy Analytics’ning hisoboti berildi.
Hisobotga köra, joriy yilning 1-çoragida eng köp sotilgan smartfon iPhone X böldi. Tahliliy kompaniya ma'lumotlariga köra, dunyoda yanvardan mart oxirigaça umumiy hisobda 345 mln dona smartfon sotilgan. iPhone X’dan esa 16 mln dona sotilgan va bu umumiy sotilgan smartfonlarning 4,6 foizini taşkil qiladi.
2-4-örinlarni ham Apple mahsulotlari – iPhone 8, 8 Plus va iPhone 7 egallagan. Körilayotgan davr içida iPhone 8’dan 12,5 mln dona, iPhone 8 Plus’dan 8,3 mln dona, iPhone 7’dan esa 5,6 mln dona sotilgan.
Android’da işlovçi smartfonlar faqatgina 5- va 6-örinni egallagan. Bular mos ravişda Xiaomi Redmi 5A (5,4 mln dona) va Samsung Galaxy S9 Plus (5,3 mln dona) smartfonlari bölgan.
Şuningdek, iPhone 8 va 8 Plus mart oyida eng köp sotilgan smartfonlar bölgan. Tahlilçilar buni qurilmalar qizil rangda (RED) ham çiqarilgani bilan boğlaşmoqda.












