Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligida vazir örinbosari Otabek Nazirov boşqaruv kompaniyalari, investitsion va vençur kompaniyalari, şuningdek banklar va konsalting firmalari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş mexanizmlari muhokama qilindi. Davra suhbati şaklida ötkazilgan tadbirda iştirokçilar investitsion va boşqaruv kompaniyalarining rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan muammolarni örtaga taşladilar.
Mazkur tadbir vençur fondlari, boşqaruv kompaniyalarini taşkil qiliş hamda Innovatsion korxonalarga investitsiyalarni jalb etişning huquqiy mezonlari va tartiblari haqidagi me'yoriy-huquqiy loyihalarni tayyorlaş böyiça işçi guruhi faoliyati doirasida ötkazildi.
Uçraşuvda Orient Capital Management, Silk Capital, InfinBank, Avesta Investment Group, IFG Capital, Sentil, PWC kabi kompaniyalar vakillari iştirok etdi.
Ma'lumot uçun, Otabek Nazirov Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari sifatida faoliyatini joriy yilning may oyidan boşladi. U monetar siyosat, bank tizimi, byudjyet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta'minoti, qişloq va suv xöjaligini rivojlantiriş, şuningdek demografiya va aholi bandligini tadqiq etiş böyiça innovatsion yeçimlarni işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq qiliş masalalari bilan şuğullanadi.
Vazir örinbosari sifatida faoliyatini boşlaguniga qadar Otabek Nazirov Londondagi Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investitsiyalarni kiritiş bölimining boş hududiy bankiri lavozimida işlagan.
U sanoat, köçmas mulk, farmatsevtika sanoati, kimyo, quriliş materiallari va xalq iste'moli mollari kabi iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalar kiritiş böiyça 50 dan ziyod loyihalarni işlab çiqqan va moliyalaştirgan.
Otabek Anvaroviç Nazirov 1975 yili Toşkentda tuğilgan. AQŞning Nyu-York ştatidagi Stouni-Bruk Davlat Universitetida makroiqtisodiyotçi mutaxassisligini egallagan. U turli yillari AQŞning GOLDMAN SACHS GROUP, Moskvadagi TROYKA DIALOG va BANK MDM, Vaşingtondagi THE AVACENT GROUP hamda Nyu-Yorkdagi JP MORGAN CHASE kompaniyalarida ham faoliyat yuritgan.












