1981 yil​ Kampir-qal'a va Varaxşa uslubida arxitektor Yevgeniy Rozanov loyihasi asosida qurib bitkazilgan san'at saroyi öz nomiga qaytdi. Bu haqda 3 may kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining navbatdagi öttiz oltinçi sessiyasida ana şunday qaror qabul qilingani haqida xabar berilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, «Istiqlol» san'at saroyi öz nomiga qaytib, endilikda «Xalqlar döstligi»​ deb nomlanişi ma'lum qilindi. Ayni paytda san'at saroyi oldida obodonlaştiriş işlari avjida, şuningdek, hududga yaqin metro bekati ham mos ravişda «Xalqlar döstligi» nomiga özgartirildi.

Bundan taşqari, Ikkinçi jahon uruşi davrida 14 farzandni öz bağriga olgan Şomahmudovlar monumentini joyiga qaytariş maqsadida avval Şomahmudovlar nomi bilan yuritilgan köçaga uning nomini qayta tiklaş yuzasidan takliflar berilgan edi. Şu munosabat bilan kengaş sessiyasida saroy old maydonini «Xalqlar döstligi» maydoni deb yuritiş böyiça tegişli qaror qabul qilindi. Tarixda bağrikenglik timsoli sifatida qolgan Şomahmudovlar monumentini maydonga örnatiş ustida qizğin iş olib borilmoqda.

Toşkent şahar hokimligining ma'lum qilişiça, tez orada şahar aholisi va mehmonlarini kutilmagan va hayratlanarli sovğa kutmoqda.