AQŞ prezidenti Donald Trampning yordamçilari sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining Eron bilan yadroviy kelişuvga aloqasi bölgan xodimlariga qarşi kompromat yiğiş uçun Isroilning xususiy izquvarlik agentligini yollagan. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi. 

Naşr ma'lumotlarga köra, Oq uy vakillari isroillik izquvarlar bilan 2017 yil mayida boğlanişgan. Ular Obamaning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi bölgan Ben Rods va vitse-prezident Jozef Baydenning maslahatçisi Kolin Kalni obrösizlantiruvçi ma'lumot yiğişni istaşgan. Ularning ikkisi ham Eron bilan yadroviy bitimni tayyorlaş va tuzişda muhim rol öynagan.

Naşr ma'lumotlariga köra, Trampning yordamçilarini istalgan kompromat qoniqtiradi: izquvarlarga bunday materiallarni “nişonga olinganlar”ning ham siyosiy faoliyati, ham şaxsiy hayotidan topiş buyurilgan. Alohida e'tibor Obama ma'muriyati xodimlari yadroviy bitimdan qandaydir naf ololganlariga qaratilmoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, Tramp 12 maygaça Eron bilan yadroviy bitim böyiça öz pozitsiyasini bildirişi kerak: AQŞ bitimni uzaytirişi yoki undan çiqişi kerak. Naşr tomondan söralgan mutaxassislarning fikriça, kompromatlarning yiğilişi Oq uy bitimni bekor qiliş yöllarini qidirişda boşi berk köçaga kirib qolganidan darak beradi.