Turkiya Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin «ğarb bilan yaqin aloqalar mamlakat taşqi siyosatini şarqiy ufqlarda kengayişiga xalaqit» qilmasligini bildirdi. Bu haqda u Daily Sabah naşriga şunday deydi. 

Kalinning ta'kidlaşiça, Turkiya sönggi 16 yil içida birinçi marta ğarb bilan taşqi siyosiy aloqalardagi iliqligini yöqotmay, boşqa mintaqadagi hamkorlar bilan ham munosabatlarni mustahkamlaş haqida öylamoqda.  

«Bizning NATO doirasidagi munosabatlarimiz dunyoning istalgan boşqa burçagida joylaşgan davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlaşimizga ta'sir qilmaydi. Aynan mana şu mantiq Turkiyaning Afrika,  Yaqin Şarq, Markaziy Osiyo va Lotin Amerikasida faollaşib qolganini töğri izohlaşga imkoniyat beradi», deydi matbuot kotibi.

Turkiyalik mulozimning aytişiça, prezident Rajab Toyyip Erdöğanning Özbekiston va Janubiy Koreyaga taşrifi mamlakat taşqi siyosatida Osiyo katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. 

«Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi Özbekiston Respublikasida samarali iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oşirilmoqda. Erdöğanning taşrifi doirasida ham turli sohalarga oid 25ta kelişuv hujjatlari imzolandi», deydi Kalin. 

Rajab Erdöğannning Janubiy Koreyaga taşrifi esa 2007 yildan buyon ilk marta, ikki Koreya rahbarlarining uçraşuvidan 3 kun ötib amalga oşirildi.