Tadbirkor Tomas Oppong Medium’dagi qaydida aqliy qobiliyatlarini rivojlantiriş istagida bölganlar uçun 33 ta saytni töplagan. Ulardan bir qismidan foydalanib köring va samarali ekaniga guvoh böling.

Foto: Fotolia

Internetning yangi bilimlar manbai sifatidagi ahamiyati tobora ortmoqda. Oksford professori kitoblarini öqiş şart emas, axir aynan şu professor öz bilimlari bilan bölişiş uçun onlayn kurslar ötkazayotgan bölişi ham mumkin.

Ta'lim beruvçi saytlar tobora köpayib borayotgani kiçik muammoga aylanmoqda. Ularning har biri önlab, ba'zida yuzlab kurslardan iborat ekanini hisobga oladigan bölsak, qay biri foydaliligini anglab oliş muşkul. Tadbirkor va bloger Tomas Opping tomonidan saralab olingan bilim beruvçi saytlar quyidagilardan iborat.

Diqqat: uşbu saytlarning köpçiligida ma'lumotlar ingliz tilida berilgan.

BBC  Future — zamonaviy dunyo töğrisidagi maqola va videolar agregati.

99U — Samaradorlik, öz-özini şakllantiriş va yetakçilik töğrisidagi YouTube-kanal.

YouTube EDU —YouTubening bilim beradigan videolar töplangan bir qismi.

WikiWand — “Vikipediyaning” köproq öylab işlangan va funksional interfeysi (şarh).

The long read (The Guardian) — The Guardian naşriyotining öylantiruvçi reportaj va longridlarga bağişlangan bölimi.

TED