Bir neça yillardan buyon faoliyat olib borayotgan ​UzPaynet​ MÇJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy şaxslardan yetkazib beruvçilar oldidagi öz pullik majburiyatlarini bajariş uçun tölovlar qabul qiliş xizmatlarini körsatiş böyiça tarkibiy bölinma tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda.

Xalq banki va «Mikrokreditbank»ining moliyaviy holatini yaxşilaş hamda faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilab berildi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasiga qişloq joylarida oilaviy va kiçik tadbirkorlik, hunarmandçilik, çorvaçilik va quyon yetiştirişni rivojlantirişga ajratiladigan kreditlar böyiça kafillik berişda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytiriş topşirildi.

Qarorga muvofiq, UzPaynet​ MÇJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy şaxslardan yetkazib beruvçilar oldidagi öz pullik majburiyatlarini bajariş uçun tölovlar qabul qiliş xizmatlarini körsatiş böyiça tarkibiy bölinma tuziladi.

UzPaynet yuristining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, endilikda Xalq banki ta'sisidagi Paynet brendi ostida avvalgi tölov xizmatlari davomiy körsatiladi. 

«Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda «Özbekistonda PAYNET faoliyati töxtatiladi» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

UZPAYNET kompaniyasi şuni ma'lum qiladiki, PAYNET savdo belgisi ostida aholidan tölovlarni qabul qiliş faoliyati töxtatilmaydi», deydi yurist.